Yamandagi fuqarolar uruşi: sabablar va manfaatdor tomonlar
|16:30 / 30.01.202415 87213 min
Yamanda 9 yildan buyon davom etayotgan fuqarolar uruşida 300 mingdan ziyod odam halok böldi. Saudiya Arabistoni qöllab-quvvatlovçi tan olingan Yaman hukumati va Eron dastaklovçi “Ansorulloh” (husiylar) harakati mamlakatni ikki frontga aylantirgan deyiş mumkin. Şu bilan birga, nizoning boşqa qurolli iştirokçilari ham bor.
Xöş, husiylar, ularning mafkurasi, geosiyosiy maqsadlari haqida nimalar ma’lum? Umuman tarixdan Yaman jamiyatida birlik bölmaganiga sabablar nima?
Kun.uz muxbiri şu kabi savollar bilan “Geosiyosat” dasturiga ma’lum vaqt Yamanda faoliyat yuritgan tarix fanlari nomzodi, dotsent Aziz Xudoyberdiyev va Yaqin Şarq masalalari böyiça ekspert Şavkat Ikromovni taklif etdi.
— Siz ma’lum vaqt Yaman hududida faoliyat yuritgansiz. U yerdagi vazifangiz, umuman Yamandagi faoliyatingiz haqida qisqaça töxtalib ötsangiz.
Aziz Xudoyberdiyev: — Yamanga birinçi marta 1971 yilda borganman, talaba sifatida. Baja şahrida sement zavodi qurilişida tarjimon bölib işlaganman. Yaman davlati qadimgi sivilizatsiya uçoqlaridan biri. Yunonlar “Baxtli Arabiya” deb atagan u hududlarni. Tarjimonlik faoliyatimda ham köplab rahbar şaxslar bilan suhbatlaşganman. Keyin men poytaxt Sanadagi elçixonaga yuborişgan, u yerda ham tarjimonlik qilganman.
Keyin 90-yillarda Yamanga borganman. Unda ham Sanada işlaganman. Undan oldin Toşkentda aspiranturada Yaman böyiça dissertatsiya yoqlaganman, Toşkent davlat universiteti Şarqşunoslik fakultetida, Islom institutida dars berganman. Çeçenistonning birinçi prezidenti Ahmad Qodirov ham talabam bölgan. Diplomatiya universitetida ham dars berdim. Söng BMTning Ğiyohvandlik nazorati böyiça dasturida maslahatçi bölib işlaganman.
— Yamanning öz mintaqasidagi va umuman xalqaro miqyosdagi ahamiyati qanday faktorlar bilan ölçanadi?
Aziz Xudoyberdiyev: — Bu savolning javobini tizimlaştiriş kerak. Birinçi omil bu – geostrategik omil. Yamanning geografik joylaşuvi Qizil dengiz böyiça, Bob al-Mandab böğozi bor, u yerdan Jahon savdo yöli ötadi, nazorat qiliş imkoni bor. Bu böğozdan dunyo savdo aylanmasining 12 foizi ötadi. Kim şu hududni nazorat qilsa, uning qölida katta kuç böladi.
Mavzuga oid
Keyingi omil – diniy-siyosiy omil. Şimolda şialarning zaidiya qabilalari joylaşgan. Ular sönggi ming yillikda doim mustaqil bölgan, Usmonlilar davrida ham mustaqil bölib qolişgan. Mamlakat janubida esa sunniylar, ularning orasida kelişmovçiliklar bölgan.
Uçinçi omil – içki omil. Yamandagi boşboşdoqlikka asosiy sabab hokimiyat uçun kuraş, doim şunday bölgan. U yerda har xil kuçlar bor, xususan, husiylar, ular zaidiylar hisoblanadi. Bir tomondan Saudiya tomonidan qöllanuvçi rasmiy Yaman prezident hukumati. Janubiy Yamanda yana bir kuç bor – Janubiy ötiş kengaşi, ular mustaqil suveren davlat yaratişga urinadi. Törtinçi kuç esa – “Al-Qoida” guruhi.
Törtinçi omil – taşqi omil. Yamanning içki işlariga köp taşqi mintaqaviy kuçlar aralaşadi. Masalan, Saudiya, BAA, Eron kabi davlatlar. Şu sababli ham vaziyat ança murakkab bu yerda.
Şavkat Ikromov: – Yaman Arabiston yarimoroli sivilizatsiyasining boşlanğiç nuqtalaridan biri. Aynan şu yerda qadimgi davlatlar vujudga kelgan va tarixiy taraqqiyotda alohida ahamiyatga ega. Körfaz arab davlatlari Yamanni Eron bilan yaqin aloqa qiladi yoki mintaqa davlatlarida turli terroristik va radikal guruhlar bilan yaqin aloqaga kiriş orqali xavfsizlikka tahdid soladi deb hisoblaşadi. Bundan taşqari, Körfaz arab davlatlarida aholining katta qismi sunniylar, ammo Yamanda aholining 40 foizgaça bölgan qismini şialar taşkil qiladi. Şu nuqtai nazardan Yamandagi şialar boşqa mintaqa davlatlaridagi şia ozçiliklariga ta’sir qilişi mumkin, deyişadi.
Geosiyosiy ahamiyati esa Bob al-Mandab böğozi bilan ölçanadi. Yuqorida aytilgandek, umumiy dunyo savdo aylanmasining 10-13 foizi ötadi. Neft aylanmasining ham qariyb 30 foizi şu yerdan ötadi. Bob al-Mandab böğozidagi beqarorlik Qizil dengiz va Suvayş kanaliga ham ta’sirini ötkazadi. Misr bayonotlariga köra, Bob al-Mandabdagi beqarorlik sabab Suvayş kanalidagi savdo kemalari tranziti 44 foizga kamaygan, bu esa katta yöqotiş degani. Qizil dengiz orqali esa Saudiya iqtisodiyotiga ta’sir qilişi mumkin. Hindiston ham xavotir bilan kuzatyapti vaziyatni, çunki Hindistonga kiradigan va u yerdan çiqadigan tovarlarning katta qismi aynan Bob al-Mandab böğozidan ötadi.
— Husiylar, ularning mafkurasi, geosiyosiy maqsadlari haqida nimalar ma’lum? Biz tarixdan Yaman jamiyatida birlik yöqligini köramiz, buning sabablari nimada?
Aziz Xudoyberdiyev: — Husiyçilik oddiy maktabdan boşlangan, ya’ni taşviqot, ta’lim orqali kirib kelgan. Husiylar Eron inqilobidan keyin Xumayniy ğoyalarini örganişdi va şu mafkura ularga asos bölib qoldi. Ularning harakati tarixi Musulmon birodarlar taşkiloti tarixiga ham öxşaydi, ular ham oddiy maktablardan boşlaşgan.
Şavkat Ikromov: — Boşqa tomondan ham e’tibor qaratmoqçiman: qabilaçilik munosabatlari va iqtisodiy masalalar. Köplab ekspertlar aytadiki, Yamandagi bölinişlar mafkura bilan izohlansa-da, lekin aslida resurslar uçun kuraş böladi, iqtisodiy qulay hududlarga ega bölişga intilişadi va eng asosiysi, taşqi kuçlar ixtiyorini bajariş. Yamanda Saudiya, BAA va Eron faol hisoblanadi. Eronning iştiroki bahsli vaziyatga sabab böladi. Negaki, hozirgi vaziyat xam eronliklar tomonidan bir qança savollarni yuzaga keltiryapti. Köplab ekspertlar husiylar va Hizbulloh bir-birini qöllaydimi yoki Eron tomonidan moliyalaştirilayotgan raqiblarmi, degan savol ham yöq. Ba’zi ekspertlar ular örtasida umumiy ittifoq yöq, deydi ham. Demoqçimanki, mafkura masalasi bor, ammo undan ham muhimroq iqtisodiy masalalar bor bu yerda.
Yamandagi guruhlar ikki toifali. Bir toifa Yamanni parçalab, özi ma’lum hududga egalik qilişni istaydi, husiylarning ham hududiy da’volari bor. Umuman, Yamanda uruğ-qabilaçilik munosabatlari kuçli bölgani sabab bir siyosiy kuç tomonidan boşqarilişi qiyin. Husiylar uruğ-qabilalar bilan kelişgani yoki böysundirgani uçun mamlakat böylab nazoratni kengaytiryapti. Dastlab şimoldagi qabilalarni böysundirişdi, keyin esa Bob al-Mandabni nazoratga olişdi.
Yamanda uruş iqtisodiyoti rivojlangan. Ya’ni xalqaro humanitar yordamlar, neft-gaz konlarini talon-toroj qiliş avj olgan. Şunday bir paytda guruhlar uruşdan manfaatdor.
Yaman humanitar inqiroz eng avj olayotgan hudud. Koronavirus oğir keçdi, vabo tarqaldi, oçarçilik, bir qança vaqt Saudiya tomonidan humanitar yordamlar yöli yopilgan edi. Umuman, vaziyat qiyin. Lekin uruşayotgan kuçlar öz manfaatlarini ustun qöyadi, humanitar holatni emas.
— Husiylar asosan qanday turdagi qurollardan foydalanadi?
Aziz Xudoyberdiyev: — 90-yillardan oldin Yamanda asosan sovet ittifoqi, Xitoy, Çexoslovakiyadan kelgan qurollar bölgan, asosan avtomatlar, sovet tanklari. Keyinçalik Ğarbdan kelgan qurollar paydo böldi. Ma’lumotlarga köra, husiylarda 2 ming kilometrga uçuvçi ballistik raketalar bor hozir, Eron raketalari bular, bundan taşqari, yana 1200 kilometrga uçuvçi raketalar ham bor. Boşqa turdagi raketalar ham mavjud. Şular orqali Qizil dengizda Isroil ittifoqçilariga hujum qilyapti. 7 oktyabrdan keyin Isroilga ham raketa zarbalari berişga uringan, ammo örtada Saudiya bölgani uçun Saudiya himoya tizimlari urib tuşirgan.
— Yamandan körfazdagi arab davlatlari nima istaşadi, Eron-çi? Yamanning özi nima xohlaydi, nega birlaşişmaydi?
Aziz Xudoyberdiyev: — Yamanda doim bir orzu – Yaman birligi bölgan. 1990 yilda Janubiy va Şimoliy Yaman birlaşgan, ammo turli nizolar köpaygan. Ularning eng katta kamçiligi — birlik yöqligi va özaro içki raqobat. U yerda qabilaçilik muhim, davlat tomonidan tayinlangan rahbarning emas, köproq qabila şayxiga böysunişadi.
Taşqi tomondan Saudiya Yaman bilan doim uruş holatida bölgan. 1934 yilda boşlangan bu uruşlar. 1969 yilda Yamanda fuqarolar uruşi bölib, monarxiya ağdarilgan, Saudiya bunda ham qatnaşib, monarxiyaçilar tomonida turgan, Misr esa respublikaçilar tomonida bölgan. Qiziği şunda ediki, monarxiyaçilar şialar edi, ammo şunday bölsa ham, sunniy bölgan Saudiya ular tarafida bölgan. Şuning uçun ham asosiy sabab diniy omil emas, köproq siyosiy omil.
Şavkat Ikromov: — Yuqorida aytilgandek, Yamanda uruğ-qabilaçilik ustun, e’tiqod masalasi ham. Hokimiyatni sunniylar boşqarişi kerakmi yoki şialar degan masala turadi. Agar biror bir qabila boşliği hokimiyatga çiqsa, boşqalarning manfaatlari toptalmaydimi, xavfsizlik ta’minlanadimi, degan masala ham. Ekspertlar şuni aytişadiki, Yamanda yuqori darajada bölmagan bir qança siyosiy liderlar bor, ular har doim xato qiladi, butun davlatni birlaştirolmaydi. Kuçli siyosiy elita muhim hisoblanadi, Yamanda esa bunday siyosiy elita yöq.
Boşqa arab davlatlarida hali boşqaruv, davlatçilik töla yölga qöyilmagan paytda Yamanda monarxiya boşqaruvi bor edi, 1970 yillargaça va bunday monarxiya boşqa arab davlatlari bilan nizoga bormasdi, bir xil tuzum edi. Respublika bölgaç esa arab davlatlari buni tuzumga tahdid sifatida körib, Yamanni blokada qilişgan edi. Bundan taşqari, arab davlatlari AQŞ bilan yaqin edi, Yamanda esa sovetparast kuçlar bor edi. Şu nuqtai nazardan ham Yaman bilan aloqalarni uzişgandi. Keyinçalik sovet ittifoqi parçalangaç ham Yamanda töla boşqaruvga ega hokimiyat örnatilmadi, sababi esa yuqorida aytilgan uruğ-qabilaçilik, kuçli siyosiy elita yöqligi böldi.
Bu yerda Saudiyaning ham manfaatlari bor. 1934 yilda çegaralar aniqlangan bölsa-da, hali ham husiylar va Saudiya tan olmaydigan hududlar bor. BAA Yamanda Saudiyaga raqobatçi sifatida ham köriladi. Husiylarga qarşi böliş borasida yakdil ikki davlat, ammo BAA Saudiya tan olmaydigan boşqa guruhlarni ham qöllaydi. Bundan taşqari, BAAning portlardan ham manfaati bor. Beqaror vaziyatdan foydalanişi mumkin. Şu nuqtai nazardan bu Yamanda barqarorlikka erişiş qiyin, avvalo u yerda kuçli siyosiy elita şakllanişi kerak. Birlaştiriş ğoyasidagi partiyalar esa zaif, moliyalaştiruvçilar ham yöq.
Qizil dengizda tuzilgan koalitsiya harakati oxir-oqibat husiylarni tan oliş bilan tugaşi mumkin. Çunki muzokara qiliş töğri keladigan bölsa, tan olişlari kerak böladi. Bu esa Yamanda yana bölinişlarga olib kelişi mumkin.
Eron manfaatlari haqida gapirsak. Eron husiylarni özining doimiy vakili sifatida körmoqçi emas. Saudiyada 10-15 foiz aholi şialar, ular çegara hududlarida joylaşgan. Eron Yamandagi şialarni qöllaş orqali mintaqa davlatlariga ta’sir ötkazişi mumkin. Agar şialar hokimiyatni töla egallab, butunlay nazorat örnatsa keyingi ta’sir nuqtalari Qatar, Kuvayt kabi davlatlar bölişi mumkin, u yerda ham şialar bor. Eron va Saudiya örtasidagi me’yorlaştiriş jarayonlarini Yamandagi holat izdan çiqarib yuborişi ham mumkin. Yamandagi guruhlar bu me’yorlaştirişni istamayapti.
Aziz Xudoyberdiyev: — Hozirgi vaziyat ança keskin. AQŞ va Britaniya havo zarbalari berdi husiylarga. Saudiya ham bir neça yillar harakat qilib, yöq qila olmagan edi ularni. Ayrim mutaxassislar fikriça, AQŞ va Britaniya Yamanga kirsa, Yaqin Şarqda yana bir katta uruşga olib kelişi mumkin. Agar şunday uruş boşlanib, Eron husiylarga yordam bersa, uning ortidan “Hizbulloh”, Iroqdagi şialar aralaşuvi natijasida uruş kattalaşib ketiş ehtimoli bor. Şu sababli hozirgi vaziyat juda oğir.
Umuman, bu vaziyatning tarixiy ildizi 40-yillarda boşlangan Yaqin Şarq mojarosiga borib taqaladi. Asosiy sabab, mustaqil Falastin davlati tuzilmagani. Bugungi kunda AQŞ ham bu masalani kötara boşladi, lekin Isroil qarşi bunga. Uruşni töxtatilib, mustaqil Falastin davlati tuzilsa, Yaqin Şarqdagi vaziyat ança barqarorlaşadi.
Yamandagi uruşdan manfaatdor guruhlar bor, deyildi. Lekin menimça, uruş manfaat keltirmaydi. U yerda ham uruş töxtatilişi kerak. Ilgariroq Yamanda milliy kengaş çaqirilganda federativ davlat tuziş taklifi ham bölgan, mana şu yöl eng maqbuli deb öylayman.