Rossiyada parvozlar xavfsizligi masalasi tobora jiddiylaşmoqda. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy RF osmonida dronlar keskin köpayişini maʼlum qilib, aviakompaniyalarni xavfdan ogohlantirdi. Ayni paytda Moskva Ukraina energetikasi va harbiy sanoatiga zarbalarni kuçaytirayotgan bölsa, Kiyev Rossiyaning içki hududlari, xususan, aeroportlari va havo logistikasiga bosimni oşirmoqda.
Mavzu muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida.
- Sönggi hafta davomida Rossiya-Ukraina uruşi bilan boğliq qanday muhim voqealar yuz berdi?
Abduvali Soyibnazarov: Rossiya va Ukraina örtasidagi uruş hozirda deyarli barça yönalişlarda – havoda, quruqlikda va dengizda davom etmoqda. Har ikki tomon bir-biriga zarba beriş orqali öz harbiy va siyosiy maqsadlariga erişişga harakat qilmoqda. Rossiya hududlarni egallaş maqsadida, Ukraina esa Moskvaga harbiy va iqtisodiy bosim ötkazib, uni muzokaralar stoliga ötirişga majburlamoqçi.
Ukrainaning Rossiya hududidagi aeroportlar va havo infratuzilmasiga qarşi hujumlari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bu kampaniyaning asosiy maqsadlaridan biri – Rossiya havo hududidan foydalanişni xavfli va qimmatga aylantiriş, mamlakatning havo logistikasiga bosim ötkazişdan iborat.
Ayni paytda Rossiya ham Ukraina hududiga keng kölamli havo zarbalarini davom ettirmoqda. Rossiya aviatsiyasi va boşqa zarba vositalari nafaqat front çiziğidagi, balki front ortidagi aholi punktlari, energetika obyektlari va harbiy sanoat korxonalarini ham nişonga olmoqda. Rossiya samolyotlari köpinça Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlari taʼsir doirasiga kirmaslik uçun Rossiya havo hududidan turib boşqariladigan aviabombalar va boşqa uzoq masofali zarba vositalaridan foydalanmoqda.
Rossiyaning zarbalari Ukraina energetika infratuzilmasi hamda harbiy sanoatiga qaratilgan. Jumladan, dronlar va raketalar uçun butlovçi qismlar işlab çiqaruvçi korxonalar ham nişonga olinmoqda. Bunday hujumlardan közlangan maqsad – Ukrainaning harbiy salohiyatini va frontdagi imkoniyatlarini zaiflaştirişdir.
Ukrainaning Rossiya aeroportlari va havo hududiga tahdid solayotgan dron hujumlari esa boşqa maqsadga ham xizmat qilişi mumkin. Rossiya havo hududidan uçib ötuvçi samolyotlar buning uçun Rossiyaga tegişli tölovlarni amalga oşiradi. Agar xavfsizlik bilan boğliq tahdidlar kuçaysa, ayrim aviakompaniyalar Rossiya hududini çetlab ötişga majbur bölişi mumkin. Bu esa Rossiyaning daromadlariga salbiy taʼsir körsatadi.












