Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Firibgarlikda gumonlanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ikki shaxs Istanbulda qo‘lga olindi
Ular 30 yanvar kuni Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilingan. Mazkur shaxslarning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rganlardan O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki IIVga murojaat qilish so‘ralmoqda.
Foto: Istanbuldagi bosh konsulxona
O‘zbekistonning qidiruvda bo‘lgan ikki fuqarosi Turkiyaning Istanbul shahrida ushlandi. Bu haqda Istanbuldagi bosh konsulxona matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 12 yanvar kuni O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida Istanbul shahrida navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqarolarning ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirishda ayblanib, 2022 yildan qidiruvda bo‘lgan 59 yoshli F.Sh. hamda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish aybi bilan 2018 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan 32 yoshli X.M. qo‘lga olingan.
2024 yilning 30 yanvar kuni ushbu shaxslar Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.
Mazkur shaxslarning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi IIVga murojaat qilishlari so‘ralmoqda.
Oldinroq «Fahsh baronessasi» va «Madam Klod» laqablari bilan tanilgan ayol hamda fuqarolarning ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirishda ayblanib, 8 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilingandi.
Mavzuga oid
20:30 / 09.04.2026
Soxta imzo, tasdig‘ini topgan jinoyat va nizoli garov: Toshkentda tadbirkor o‘zgalar qilmishini deb mulkidan ayrilib qolmoqda
21:31 / 08.04.2026
Argentina prezidenti kriptofiribgarlikda gumon qilinmoqda
18:16 / 08.04.2026
Sanjar Karimov ishi sudga chiqdi
15:36 / 07.04.2026