Özbekistonda “powerbank ijarasi”dan daromad oliş taklif etilmoqda. Bu navbatdagi moliyaviy piramida bölişi mumkin
|02:18 / 31.01.202433 8689 min
Respublikaning turli hududlarida odamlar “Parker” savdo belgisi ostidagi loyihaga faol jalb qilinmoqda. Şartlar oddiy: taşkilotçilar tomonidan taqdim etilgan mobil ilova yuklab olinib, röyxatdan ötiladi va belgilangan tariflar asosida pul tikiladi. Tikilgan pulga göyoki dunyoning qaysidir burçagida powerbank xarid qilinib, ijaraga beriladi. Odamlarni bunga işontiriş uçun esa 20 kun oldin taşkil qilingan MÇJ guvohnomasi körsatilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Parker”kompaniyasi bilan boğliq reklama va e’lonlar köpaymoqda. Kun.uz holat yuzasidan kiçik suriştiruv ötkazdi.
Kompaniya e’lonlarida oson pul topiş, ya’ni pul tikib, yaxşigina daromad oliş haqida gap boradi. Hududlarda uşbu kompaniya ötkazgan tadbirlarga minglab odamlar töplanmoqda. Jumladan, şunday tadbirlardan biri yaqinda Samarqand şahrida ötkazilgan. Tadbirda ming kişi qatnaşgan.
Şuningdek, kompaniya ma’lum bir guruhga “çoyxona” taşkil qilib beriş orqali ham ommaga “tanilişga” intilyapti. Ya’ni kompaniya hamkori (pul tikkan odam) 10-15 kişini biror restoranda yiğib, tadbir ötkazib beradi. Tadbir jarayonida “investitsiya kiritiş” sxemasi haqida tuşuntiriş beriladi va yiğilganlarni “safga qöşib olişga” harakat qilinadi. Tadbir uçun sarf qilingan xarajat esa xorijda ekani aytilayotgan noma’lum kompaniya tomonidan qoplab beriladi.
“Men bugun “Parker” kompaniyasiga qiziqişi bölgan 18 nafar tanişimga ziyofat ötkazib berdim. Juda zör böldi. Hamma taşrif buyurgan insonlar kompaniyamiz haqida iliq taassurotlarga ega bölişdi. Kompaniya haqida ma’lumotlarni bilib oldilar. Bu ziyofatda A hamkorim B hamkorni va C hamkorni şu zahoti ulanişdi va uskuna sotib olişdi. Bundan taşqari, bir neçta hamkorlarimga sinovli uskunasini işga tuşirib berdim. Yana 3-4 kişi tez kunda kredit çiqarib, PL4 hamda PL3 uskunani sotib olişlarini aytdilar. Ziyofatni taşkillaştirişda yaqindan yordam bergan “Parker” kompaniyasi rahbariyatiga va alohida dilerim Luciye xonimga öz minnatdorçiligimni bildiraman”, deya yozgan kompaniya hamkorlaridan biri.
Odamlarga nima taklif qilinmoqda?
Har bir moliyaviy piramidada xörak vazifasini “katta daromad” jumlasi bajarib beradi. “Parker”
Mavzuga oid
nomi bilan taniştirilayotgan loyiha ham odamlarga oson va tez katta daromad olişni taklif qilmoqda.
Buning uçun kompaniyaning yangi mijoziga mobil ilova (uşbu mobil ilova rasmiy internet dökonlarida mavjud emas) taşlab beriladi. Mijoz ilovada röyxatdan ötgaç, investitsiya kiritadi, ya’ni pul tikadi. Köriladigan daromad tikiladigan pul miqdoriga qarab oşib boradi. Taşkilotçilari bu pul tikişni “powerbank sotib oliş” deya izohlamoqda. Sababi yangi mijoz ilova orqali pul tikib, göyoki powerbank qurilmasini sotib oladi. U pul tölagan qurilma esa dunyoning qaysidir şaharlariga örnatilgan böladi va ijaraga beriladi. Ijaradan tuşgan pul esa mijozning foydasiga aylanadi.
Masalan, yangi mijoz 1-darajali jihoz sotib oliş uçun 120 USDT (kriptovaluta, hozirgi kunda 1 USDT 1 dollar qiymatga ega) pul tiksa, kuniga 3, oyiga 90, yiliga esa 1095 USDT daromad körişi aytiladi. Odamlar agar 47 000 USDTga 13-darajali qurilma sotib olsa, bir kunga 1175, oyiga 35250 yoki yiliga 428 875 USDT daromad köriş mumkinligiga işontirilmoqda.
Tölov kriptovalutada, şartnoma esa yöq
“Parker”ga qöşilgan yangi mijozlar pulni kriptovalutada tikadi. Buning uçun maxsus ilovalar işlab çiqilgan. Röyxatdan ötilgaç ilovada mijozning öz hisob raqami yaratiladi. Maxsus elektron hamyonlar orqali bank kartasidan söm kriptovalutaga aylantiriladi va ilovadagi hisobga ötkaziladi. Bu bilan göyoki qurilma sotib olinadi. Kunlik daromad ham uşbu hisobda kriptovaluta körinişida şakllanib boradi. Uni esa yana sömga aylantirib, bank kartasiga köçirib olişadi.
“Parker” töliq onlayn şaklda işlaydi, kompaniya va mijoz örtasida biror şartnoma, huquqiy munosabat yoki jonli muloqot yöq: bu işning boşida kim turganligini heç kim bilmaydi.
Qariyb 50 ming dollarga sotib olingan qandaydir qurilma dunyoning qaysidir burçaklarida turib, kompaniya mijozi uçun daromad keltirişi biroz şubhali. Biroq Özbekistonda bu loyihaga işonç bildirayotgan va undan daromad orttirişni umid qilgan odamlar talaygina.
“Kuyib qolişga heç kim kafolat bermaydi”
Kun.uz’dagi ma’lumotlarga köra, Özbekiston hududida “Parker” kompaniyasining 10 ga yaqin dilerlik markazlari oçilgan. Ulardan biri Qaşqadaryo viloyatining Kitob tumanida.
Mazkur markaz asosçisi Oxunjon Jörayev hisoblanadi. U 2024 yilning 5 yanvar kuni “PARKER SHARED TECHNOLOGIES” MÇJni taşkil qilib, davlat röyxatidan ötkazgan. “Parker”ga jalb etilganlarga mazkur MÇJning davlat röyxatidan ötkazilganligi haqidagi guvohnoma hamda ustavi taqdim etilmoqda ekan. MÇJ tijorat faoliyati va boşqaruv masalalari böyiça maslahat beriş bilan şuğullanişi qayd etilgan.
Kun.uz mavzu yuzasidan Oxunjon Jörayevdan izoh oldi.
“Maktabning 9-sinfini tamomlagaç, kollejda öqidim. “Parker”ga Rossiyada işlab yurgan paytim qiziqib, 50 dollar pul tikkanman. Uşbu pulim ortidan 180 ming rubl daromad kördim. Endi bu işni Özbekistonda davom ettirmoqdaman.
Asosiy maqsadimiz mahsulotni odamlarga taniştiriş. Bu kompaniya qurilmalari hozirda Xitoyda işlab çiqarilyapti. Qurilmalar odam gavjum joylarda örnatiladi. Aytaylik, metroda kimningdir telefon quvvati tugab qoldi. U metro bekatida örnatilgan qurilma orqali telefonini quvvatlantirişi mumkin. Buning uçun ma’lum bir miqdorda haq tölaydi. Investitsiya kiritganlarning daromadi ana şu puldan şakllanadi.
Hozirça Özbekistonda biror bir joyda “Parker” powerbank’lari örnatilmagan. Odamlarga tuşuntiriş va tanitiş uçun bizga bir neçta qurilma jönatilgan. Qurilma Özbekiston bozoriga endi kirib keladi.
Investitsiya kiritiş tariflari kompaniya tomonidan belgilangan. Hozirda özim 4400 USDTlik qurilma sotib olganman.
Barça işlar mobil ilovada bajariladi, kompaniya rahbarlari bilan uçraşmaganmiz. Pul tikkanlar kuyib qolmasligiga heç kim kafolat bermaydi.
Biz heç kimni majburlaganimiz yöq. Masalan, Samarqanddagi dilerimiz ming kişilik tadbir qildi. Tadbirga 41 ming dollar mablağ sarflandi. Bu xarajatni kompaniya qoplab berdi. Agar firibgarlik bölganida kompaniya bu pulni tölab bermagan bölardi”, deydi Oxunjon Jörayev.
Suhbatdan ma’lum böldiki, Oxunjon Jörayev MÇJni aynan nima maqsadda ta’sis qilganini özi ham bilmaydi. “Firmani davlat taşkilotlari bilan hamkorlik qiliş uçun kerak böladi deb oçgandim”, deydi u.
Şuningdek, Oxunjon Jörayev tizimni xorijdan turib boşqarayotganlarni tanimasligini, ularning birortasini körmaganligini, muloqot faqat internet orqali (asosan Telegram’da) bölişini aytdi.
Moliyaviy piramida
Bu doimiy ravişda yangi iştirokçilarning mablağlarini jalb qiliş orqali tuzilma a’zolariga daromad tölab borişni nazarda tutuvçi tizim. Bunda piramidaning birinçi iştirokçilarining daromadlari keyingi iştirokçilar hisobidan tölanadi.
Aksariyat moliyaviy piramidalarda tuzilmaga ma’lum miqdorda pul kiritiş va özidan keyin 2 yoki undan ortiq iştirokçilarni jalb qiliş şartini bajariş evaziga kiritgan pulini oşiği bilan qaytarib oliş va’da qilinadi.
Tizim işonçli körinişi uçun unga ba’zi elementlar qöşilişi mumkin. Bunda iştirokçi göyoki biror buyum, dori vositalari, “soğlomlaştiruvçi” giyohlar yoki şunga öxşaş tovar hamda mahsulotlarni xarid qilayotganday böladi. Ammo aksariyat hollarda bu “oldi-sotdi” bozor qonunlarining eng sodda şartlariga ham mos kelmaydi.
Maqolamizda qalamga olingan holat ham navbatdagi moliyaviy piramida – odamlarning pulini töplab oliş uçun öylab topilgan sxema bölişi mumkin. Unga qiziqiş bildirayotgan hamyurtlarimizga laqma bölmaslikni, huquqni muhofaza qiluvçi organlarga esa “Parker vasvasasi”ni tekşirib körişni tavsiya qilamiz.