Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston va O‘zbekiston fuqarolarining ikki davlat hududida bo‘lish muddati oshirildi
Endi ikki davlat fuqarolari qo‘shni davlat hududida ro‘yxatdan o‘tmasdan 30 kungacha bo‘lishi mumkin.
31 yanvar kuni Qozog‘iston parlamenti O‘zbekiston bilan 2000 yil 7 iyulda qabul qilingan fuqarolarning o‘zaro sayohati shartlari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish bayonnomasini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Bitim Qozog‘iston Respublikasining 2002 yil 15 yanvardagi qonuni bilan ratifikatsiya qilingan, deb xabar bermoqda KazTAG.
Shunday qilib, Qozog‘iston va O‘zbekiston fuqarolarining qo‘shni davlat hududida ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lish muddati 5 kundan 30 kunga oshirilmoqda.
O‘zbekiston ushbu bayonnomani 2023 yil 25 aprelda ratifikatsiya qilgan edi.
«Yangi hujjat ikki davlat fuqarolarini bir-birining hududida bo‘lishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi va ikki qardosh davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar, biznes va madaniy almashinuvlarni yanada rivojlantirishga ta’sir qiladi», deyiladi Qozog‘iston parlamenti bayonotida.
Mavzuga oid
00:26
Qozog‘iston-Rossiya chegarasida avtomobillardan iborat ko‘p kilometrli tirbandlik yuzaga keldi
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
17:49 / 02.06.2026
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonda Yevroittifoqning deportatsiya markazi tashkil qilinishini rad qildi
20:11 / 01.06.2026