Qozoğistonda sönggi bir haftada tuxum narxi keskin oşgan. Bu haqda Zakon.kz xabar bermoqda. 10 donasi 700-750 tanga bölib turgan tuxum narxi 850 tangagaça kötarilgan.
Savdo vaziri Arman Şakkaliyev iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida OAV xodimlari undan tuxum narxining keskin kötarilişi sabablarini söraşgan.
Vazir vahimaga tuşmaslikni, tuxum narxi oşişiga mavsumiy omillar sabab bölganini aytgan.
“Bizda 34 ta tovuq fabrika bölib, ular bir yilda 5 mlrd 100 mln dona tuxum işlab çiqaradi. Qozoğistonda bir yilda 5 mlrd dona tuxum iste’mol qilinadi. Tuxum odatda yozda arzonlaydi, qişda qimmatlaydi. Ya’ni mavsumga qarab narxlar kötarilib, tuşadi. Şu uçun vahima qiliş kerak emas” degan u.
Avvalroq, 2023 yilning sönggi ikki oyida Rossiyada tuxum narxi keskin kötarilgandi. Joylarda 30 foizdan 50 foizgaça oşgani ma’lum qilingandi.












