Prezident farmoni bilan ayrim hujjatlarga özgartirişlar kiritildi. Farmonga köra, 2024 yil 1 fevraldan quyidagi nafaqalar miqdori 621 ming söm etib belgilandi:
- zarur iş stajiga ega bölmagan keksa fuqarolarga nafaqa;
- iş staji töliq bölmagan çoğdagi yoşga doir pensiyaning eng kam miqdori qöşimça tölovni hisobga olgan holda;
- özgalar parvarişiga muhtoj nogironligi bölgan 18 yoşgaça bolalarning parvarişi bilan band bölgan bolaning qonuniy vakiliga nafaqa;
- boquvçisini yöqotganlik nafaqasi oluvçilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uçun nafaqa (keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uçun — 212 000 söm);
- boquvçisini yöqotganlik pensiyasi oluvçilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uçun pensiyaning eng kam miqdori.
Avvalroq, 2024 yil uçun minimal iste’mol xarajatlari miqdori kişi boşiga 1 oyga 621 ming söm etib belgilangani xabar qilingandi. Yuqoridagi pensiya miqdorlari rasmiy eng kam iste’mol xarajatlaridan kelib çiqib oşirilgan.













