Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hamda Statistika agentligi 2023 yil uçun Özbekistonda kambağallik darajasini tahlil qildi.

Agentlik tomonidan ötkazilgan 16 mingta uy xöjaliklari kuzatuvlariga köra, 2023 yil davomida mamlakatda kambağallik darajasi 3,1 foizga kamayib, yil yakunida 11,0 foizni taşkil etgan.

“Jarayon Jahon banki ekspertlari tomonidan tekşirildi”, – deya ma’lum qildi Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi.

“Kambağallikning pasayişi barça viloyatlarda qayd etildi. Sirdaryo (19,5 foizdan 13,8 foizgaça), Andijon (17,4 foizdan 11,9 foizgaça) viloyatlari va Qoraqalpoğistonda (19,9 foizdan 13,7 foizgaça) sezilarli darajada qisqargan.

Minimal özgarişlar Toşkent şahri (8,5 foizdan 7,9 foizgaça) va Buxoro (11.9 foizdan 11,8 foizgaça), Qaşqadaryo (12,7 foizdan 11,5 foizgaça) viloyatlarida aniqlangan”, – deyiladi vazirlik xabarida. Qolgan hududlar böyiça körsatkiçlar keltirilmagan.

Qayd etiş lozim, kuni keça jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan 2024 yilgi davlat dasturi loyihasida bu yil “kambağallik darajasini 12 foizdan 10 foizga kamaytiriş” közda tutilgan.

30 yanvar kuni jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan 2024 yilgi davlat dasturi loyihasidan.

Ma’lumot uçun, ötgan yili rasmiy kambağallik çegarasi yilning birinçi yarmida oyiga 498 ming söm, ikkinçi yarmida 568 ming söm bölgandi. 2024 yil yanvarida bu çegara 621 ming söm deb belgilandi.

Avvalroq, Statistika agentligining aholi daromadlari haqidagi yillik hisobotidan, ötgan yili aholi jon boşiga real daromadlar ösişi sekinlaşgani