Özbekistonda 2023 yilda aholi jon boşiga umumiy daromadlarning real ösişi 2,4 foizni taşkil etib, ötgan yilga nisbatan sezilarli darajada sekinlaşgan. Taqqoslaş uçun, bu körsatkiç 2022 yilda 7,3 foiz bölgan. Bu haqda Statistika agentligi hisobotida qayd etilgan.

Agentlikka köra, ötgan yil yakuni böyiça aholining umumiy daromadlari 728,8 trln sömni taşkil etgan. Xususan, umumiy daromadlarning nominal ösişi 15 foiz, real ösiş sur’ati 4,6 foiz bölgan.
Aholi jon boşiga umumiy daromadlar 20 mln sömni taşkil etgan. 2023 yilda aholi jon boşiga umumiy daromadlar hajmi Toşkent şahrida (44 427 900 söm) va Navoiy (31 445 600 söm), Buxoro (23 480 300 söm), Toşkent (20 730 200 söm) hamda Xorazm (20 076 600 söm) viloyatlarida örtaça respublika darajasidan yuqori körsatkiçlarda qayd etilgan.
Eng quyi körsatkiçlar Qoraqalpoğiston Respublikasi (14 570 000 söm), Namangan (15 070 600 söm) va Farğona viloyatlarida (15 716 500 söm) kuzatilgan.

Hududlar böyiça aholi jon boşiga umumiy daromadlarning eng yuqori real ösişi Toşkent şahri (7,6 foiz), Navoiy (5,7 foiz), Sirdaryo (4,4 foiz), Andijon (4,4 foiz) va Jizzax (4,3 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.
E’tiborlisi, 5ta hududda: Xorazm (-6,4 foiz), Surxondaryo (-0,8 foiz), Samarqand (-0,5 foiz), Buxoro (-0,4 foiz) va Namangan (-0,3 foiz) viloyatlarida aholi jon boşiga real daromadlar qisqargan. Ya’ni bu hududlar aholisi örtaça olganda kambağallaşgan.

Aholining umumiy daromadlari hajmining sezilarli darajada ösişi asosan umumiy daromadlar tarkibida 29,7 foiz uluşga ega bölgan yollanma işçilarning daromadlari va 34,3 foiz uluşga ega mustaqil ravişda band bölişdan olingan daromadlar hamda 26,7 foizni taşkil etuvçi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli özgarişi hisobiga yuzaga kelgan.

Kun.uz avvalroq 2023 yilda davlat budjeti daromadlarining ösişi keskin sekinlaşgani haqida













