Ijtimoiy tarmoqlarda IIB xodimlari bir bolani maşinaga majburan tiqib olib ketişi aks etgan video tarqaldi. Videoda xodimlardan biri bolani kötarib xizmat maşinasiga tiqayotganda bola boşini urib olib, baqirgani eşitiladi.

Bolalar ombudsmanining xabar berişiça, hodisa 2023 yil 22 dekabr kuni Toşkent şahrida sodir bölgan. 2024 yil 1 fevral kuni bolaning onasi Bolalar ombudsmaniga murojaat qilgan.

Çilonzor tumani Çilonzor-3 mavzesida IIB xodimlari Ş.M. va A.O. 2011 yilda tuğilgan K.P. da pirotexnika vositalari borligini aniqlab, bolani xizmat maşinasiga kuç işlatib, majburan ötqazişga uringan holda unga nisbatan qöpol va nomaqbul munosabatda bölgan.

Buning oqibatida bola boş sohasidan lat yegan va qattiq emotsional qörqiş holatiga tuşgan.

IIB xodimlariga nisbatan mazkur holat yuzasidan xizmat tekşiruvi ötkazilib, Ş.M. va A.O.ning harakatlarida bolaga nisbatan qöpol munosabatda böliş hamda IIV Kasb madaniyati kodeksini buziş holatlari yuzasidan hayfsan intizomiy jazosi qöllangan.

“Huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarining bola manfaatlariga zid bölgan bu kabi harakatlariga mutlaqo yöl qöyib bölmaydi va bunga javoban qonun doirasidagi qat’iy çora körilişi şart. Hozirda Bolalar ombudsmani söroviga köra Toşkent şahar prokuraturasi mazkur holatga huquqiy baho beriş masalasini örganmoqda”, deyiladi Bolalar ombudsmani xabarida.