Toşkent şahridagi 7 ta Hotdogger nomli köçma savdo şoxobçasi elektr tarmoqlariga noqonuniy ulangani aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Qayd etilişiça, «L.S.G.» MÇJ mas’ul şaxslari va boşqalar poytaxtning Mirobod, Mirzo Uluğbek, Çilonzor, Yakkasaroy va Yaşnobod tumanlarida 7 ta şoxobçani umumiy foydalanişdagi elektr tarmoğiga tijorat maqsadida ulagan. Natijada jami 1,1 mlrd sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.













