Tsukerberg 31 yanvar kuni Senatda internetda bolalar xavfsizligi masalasiga bağişlangan tinglovga çaqirilgan 5 ta yirik texnologiya kompaniyalari rahbarlaridan biridir. Yiğilişda X, Discord, Snapchat va TikTok platformalari rahbarlari ham iştirok etdi. Bu haqda The Washington Post yozdi. 

Tinglovlar internetda bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qiliş muammolari, kiberbulling, giyohvand moddalar haqidagi materiallar, otişma va öz joniga qasd qiliş usullari va boşqa köplab masalalarga bağişlandi. Uçraşuv davomida Tsukerberg senator Joş Houli tomonidan söroq qilindi. 

Kongressmenning ta’kidlaşiça, avvalroq Instagram bu borada öz tadqiqotini ötkazgan va u voyaga yetmagan foydalanuvçilarda depressiya, xavotir va boşqa psixologik muammolarga duç keliş xavfi borligini körsatgan. Şuningdek, u ösmirlar va bolalar platformada jinsiy ekspluatatsiya va nomaqbul kontent tahdidiga duç kelayotgani haqidagi dalillarni keltirdi. Yiğilişda ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş bilan boğliq sabablarga köra vafot etgan bolalarning ota-onalari va yaqinlari ham hozir böldi. 

«Bugun qurbonlarning oilalari bu yerga yiğilgan. Jabrlanganlardan keçirim söraganmisiz? Buni hozir qilişni xohlaysizmi? Ular şu yerda, buni milliy televideniye translatsiya qilyapti, qurbonlardan keçirim söramoqçimisiz?» deb Tsukerbergdan söradi senator Joş Houli. 

Şundan söng, Meta rahbari qöllarida marhum bolalarining fotosuratlarini uşlab turgan ota-onalariga qarab, ulardan keçirim söradi. 

«Siz boşdan keçirgan hamma narsa uçun uzr sörayman. Heç kim sizning oilangiz boşidan keçirgan narsalarga duç kelmasligi kerak va şuning uçun biz juda köp sarmoya kiritmoqdamiz va sizning fojiangizni heç kim boşdan keçirmasligiga işonç hosil qiliş uçun soha miqyosidagi sa’y-harakatlarimizni davom ettiramiz», dedi Tsukerberg. 

Sud majlisida X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmoği ijroçi direktori Linda Yakkarino, TikTok boş direktori Şou Tszi Çu, Discord messenjeri egasi Jyeyson Sitron va Snapchat xizmatini boşqarayotgan Evan Şpigel ham iştirok etdi. 

Öz körsatmasi davomida Şpigel, şuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali taqiqlangan moddalarni olişga muvaffaq bölgan, dozasi oşirib yuborilişi oqibatida vafot etgan yoki jabrlangan bolalarning ota-onalariga hamdardlik bildirdi. 

«Bu fojialarning oldini olmaganimizdan juda afsusdamiz. Biz platformamizda giyohvand moddalar bilan boğliq barça qidiruvlarni blokirovka qiliş uçun barça sa’y-harakatlarimizni qilyapmiz», dedi Şpigel.