Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaga yangi örinbosarlari ma’lum qilindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova Kun.uz'ga xabar berdi.

Ta’kidlanişiça, bu lavozimga vazirlikning Ta’lim sifatini baholaş, litsenziyalaş va akkreditatsiyalaş departamenti direktori Sardor Rajabov hamda Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida oçiqlikni ta’minlaş masalalari qömitasi raisi örinbosari Farhod Boqiyev tayinlangan.

Sardor Rajabov

Rajabov vazirlikdan avval sobiq DTM direktorining örinbosari lavozimida işlagan.

Farhod Boqiyev esa tayinlovga qadar Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida oçiqlikni ta’minlaş masalalari qömitasi raisi örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Farhod Boqiyev

Undan avval esa AOKAning Sirdaryo viloyati boşqarmasi boşliği sifatida faoliyat yuritgan, 2020 yilning 17 yanvarida Senat a’zoligiga saylangan.

Şu vaqtgaça vazir örinbosarlari sifatida Dilşod Kenjayev va Uzoqboy Begimqulovlar işlab kelayotgandi. MMTVning rasmiy saytida bu lavozimlar vakant ekani körsatilgan. “Işdan böşaganlarning joyini vakant qilib qöygandik”, – deydi Sobirova.

Hozirça Kenjayev va Begimqulovlar nima sabab işdan ketgani ma’lum emas.

Ma’lumot uçun, Dilşod Kenjayev 2021 yil fevral oyigaça Xalq ta’limi vazirining örinbosari sifatida işlagan, keyin esa prezidentning yoşlar, fan, ta’lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimiga tayinlangandi. Undan söng bir muddat Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktorining birinçi örinbosari bölib, 2023 yil yanvar oyidan MMTVda vazir örinbosari lavozimida faoliyat yurtdi.

Uzoqboy Begimqulov esa 2021 yil iyun oyida öşa vaqtdagi Maktagaça ta’lim vaziri örinbosari lavozimiga kelgan. Ungaça 4 yil davomida oliy va örta maxsus ta’lim vazirining örinbosari lavozimida işlagan. 2023 yil yanvar oyida ma’muriy islohotlar fonida yangi taşkil etilgan MMTVda vazir örinbosari sifatida iş boşlagan.