16-17 yanvar kunlarida Özbekiston Respublikasining barça viloyatlarida, Toşkent şahrida hamda Qoraqalpoğiston Respublikasida Oliy Majlis Senati a'zolarini saylaş jarayoni bölib ötmoqda. 

Senatga saylov Özbekiston Respublikasi Saylov kodeksi asosida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, mahalliy Kengaşlar deputatlarining tegişli qöşma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yaşirin ovoz beriş yöli bilan ötkazilmoqda. Jami 14ta hudud — Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi mahalliy kengaşlar tomonidan 6 nafardan jami 84 nafar senator saylanişi közda tutilgan.

Saylovçi deputatni bevosita saylagan bölsa, Senat a'zosi saylovçi işonç bildirgan vakili – deputat tomonidan bilvosita saylanadi.

Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiq, Senatning 16 nafar a'zosi fan, san'at, adabiyot, işlab çiqariş sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boşqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bölgan hamda alohida xizmat körsatgan eng obröli fuqarolar orasidan Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.

«Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati töğrisida»gi qonunga köra, saylov kuni yigirma beş yoşga tölgan hamda kamida beş yil Özbekiston Respublikasi hududida muqim yaşayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarosi Senat a'zosi bölişi mumkin. Ayni bir şaxs bir paytning özida Senat a'zosi va Qonunçilik palatasi deputati bölişi mumkin emas.

Senator daxlsizlik huquqidan foydalanadi.

«Senat a'zosi daxlsizlik huquqidan foydalanadi. U Senatning roziligisiz, Senat majlislari oraliğidagi davrda esa, Senat Kengaşining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilişi, uşlab turilişi, qamoqqa olinişi yoki sud tartibida beriladigan ma'muriy jazoga tortilişi mumkin emas».

Keyingi beş yillikda quyidagi senatorlar Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari sifatida faoliyat körsatadi.

Andijon viloyatidan senator bölganlar:

1. Şuhratbek Abdurahmonov (1969), Andijon viloyati hokimi;