Qöşilgan qiymat soliği böyiça ayrim imtiyozlar bekor qilinadi. Bu haqda Soliq qömitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, 2024 yil 1 apreldan QQS böyiça ayrim imtiyozlar bekor qilinadi. Savdo va xizmat körsatiş turlari, ayrim mahsulotlarni Özbekistonga oliş kiriş QQSga tortiladi.
Jumladan:
- savdo aylanmasi böyiça;
- tibbiy xizmatlar;
- veterinariya xizmatlari;
- dori vositalari;
- veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uçun möljallangan buyumlar.
Özbekiston hududiga olib kirişda:
- dori vositalari;
- veterinariya dori vositalari;
- tibbiyot va veterinariya uçun möljallangan buyumlar;
- şuningdek, qonunçilikda belgilanadigan röyxat böyiça olib kiriladigan xomaşyo.
Aholiga körsatiladigan xizmatlarni realizatsiya qiliş böyiça:
- suv ta’minoti;
- kanalizatsiya;
- sanitariya jihatdan tozalaş;
- issiqlik ta’minotiga QQS hisoblanadi.
Ma’lumot uçun, hozirda uşbu xizmatlarni körsatiş böyiça aylanmaga QQSning nol darajali stavkasi qöllanib kelinmoqda.












