Google özining qidiruv tizimining eng qadimgi funksiyalaridan biri - Google keşida saqlangan saytlar nusxalarini körsatişdan voz keçişga qaror qildi. Buni Google qidiruv xizmati mutaxassisi Denni Sallivan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida tasdiqladi.
«Ha, funksiya olib taşlandi. Bilaman açinarli. Men ham xafaman. Bu bizning eng qadimgi funksiyalarimizdan biri edi. Ammo keş sahifalarni yuklaşga yordam beriş uçun kerak edi, çunki ilgari bu qiyin edi. Bugungi kunda vaziyat sezilarli darajada yaxşilandi. Şuning uçun kompaniya keşdan voz keçişga qaror qildi», deb tuşuntirdi Sallivan.
Ekspert Google qidiruvi kelajakda Internet Arxiv xizmati resurslarida saqlanadigan sahifalarning arxivlangan versiyalariga havolalar berişni boşlaşi mumkinligini taklif qildi.
Google keşidagi sahifa versiyasini körsatiş funksiyasi 2023 yil dekabrida ba’zi foydalanuvçilar uçun yöqolib qolgan edi. Şuningdek, u öçirilgan yoki özgartirilgan materiallardan foydalaniş imkonini berar edi.
Sahifalarning eski versiyalariga keşlangan havolalar Google qidiruv sahifasidagi har bir natija yonidagi menyuda joylaşar edi. Tizimning qidiruv roboti tom ma’noda har bir resursning nusxasini saqlaganligi sababli, Google hozirda deyarli butun Internet arxiviga ega, uning hajmi, ehtimol, petabaytlarda (1 petabayt = 1 ming terabayt) ölçanadi.













