Özbekistonda maktab öquvçilariga ingliz tilidan taşqari xitoy, nemis, fransuz, koreys va yapon tillaridan biri ötilişi  mumkin. Bu haqda Özbekiston prezidentining «Umumiy örta ta’lim muassasalari öquvçilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga öqitiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarorida közda tutilgan.

Unga köra, 2024-2025-öquv yilidan boşlab:

umumiy örta ta’lim muassasalarining 10–11-sinflarida tajriba-sinov tariqasida öquvçilarning tanlovidan kelib çiqib «Fanlarni çuqurlaştirib öqitiş» yoki «Biznes va kasb-hunar» yönalişlari böyiça ham öquv jarayoni bosqiçma-bosqiç taşkil etiladi (tayanç öquv reja asosida öqitiş bilan bir qatorda);

Umumiy örta ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni öqitişning quyidagi tartibi joriy etiladi, unga muvofiq:

  • 5–9-sinflarda xorijiy tilga öqitiş intensivligini oşiriş orqali öquvçilarda bazaviy bilim va nutqiy könikmalar şakllantiriladi;
  • 10–11-sinflarda xorijiy tilni öqitişda asosiy e’tibor öquvçilarning akademik yozuv va gapiriş könikmalarini rivojlantirişga qaratiladi;
  • «Fanlarni çuqurlaştirib öqitiş» yönalişi doirasida xorijiy til fanini tanlagan öquvçilar 10–11-sinflarda ikkinçi xorijiy tilga öqitiladi;
  • xorijiy til yönalişida pedagoglar tayyorlaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bitiruvçi kurs talabalariga bir vaqtning özida ham öqiş, ham pedagogik faoliyatni amalga oşiriş imkonini beruvçi moslaşuvçan dars jadvali joriy qilinadi.

2024 yil 1 mayga qadar 11-sinfda ikkinçi xorijiy tilning kamida A2 darajada özlaştirilişini nazarda tutuvçi xorijiy til fani böyiça öquv reja va dasturlar takomillaştiriladi. 

2024 yil yakuniga qadar umumiy örta ta’lim muassasalariga xitoy, nemis, fransuz, koreys, ingliz va yapon tillari böyiça malakali mutaxassislar jalb qilinadi.