Çilida örmon yonğinlari bir neça ön ming gektar maydonni qamrab olgan, olov tarqalişini sekinlaştirişning imkoni bölmayapti, mamlakatda favqulodda holat rejimi joriy etilgan. 4 fevral kungi ma’lumotlarga köra, yonğin natijasida 112 kişi halok bölgan, bu mamlakat uçun qurbonlar köpligi böyiça 2010 yildan buyon eng halokatli tabiiy ofat bölmoqda, öşanda zilzila oqibatida 500 ga yaqin kişi halok bölgandi. Yilning bu vaqtida Çilida örmon yonğinlari röy berib turadi, ammo bu safar olov bir millionga yaqin kişi yaşovçi Valparaiso viloyatidagi yirik aholi yaşaş manzillariga xavf solmoqda. «Vaziyat çindan ham öta oğir», — degan Çili prezidenti Gabriel Boriç maxsus videomurojaatida.

Örmon yonğinlaridan eng köp jabr körayotgan Valparaiso viloyatidagi Vinya-del-Mar şahri aholisi. 2024 yil 3 fevral
Esteban Felix / AP / Scanpix / LETA
Vinya-del-Mar şahrida örmon yonğinlaridan kötarilgan quyuq tutun va yonib ketgan uylar. 330 mingga yaqin kişi yaşaydigan uşbu şaharga olov juda yaqin kelgan. 2024 yil 3 fevral
Esteban Felix / AP / Scanpix / LETA
Vinya-del-Mar çekkasida yonib ketgan avtomobillar. 2024 yil 3 fevral
Esteban Felix / AP / Scanpix / LETA
Valparaiso aholisi — bu Çilining eng köp aholi yaşaydigan qismi — xavfsiz joylarga ketişga urinmoqda, örmon yonğinlari maydoni tez kengaymoqda. 2024 yil 3 fevral
Esteban Felix / AP / Scanpix / LETA
90 ming kişi yaşaydigan Vilya-Alemana ham yonğin hududida qolgan. 2024 yil 2 fevral
Andres Pina / Aton Chile / AP / Scanpix / LETA
Valparaiso viloyati aholisini evakuatsiya qilişga harbiylar jalb etilgan. 2024 yil 2 fevral
Lucas Aguayo Araos / Anadolu / Getty Images