Xalqaro maydondagi muvaffaqiyatli iştiroklari bilan özbek tennisi rivojiga ulkan hissa qöşgan Denis Istomin professional sportçilik faoliyatini yakunladi. Milliy olimpiya qömitasiga köra, bu haqida sportçining özi «Humo arena» mezbonlik qilgan Devis kubogi doirasidagi Özbekiston - Polşa uçraşuvidan söng ma’lum qildi.

Denis Istomin yoş tennisçi Amir Miluşevga qarşi körgazmali xayrlaşuv uçraşuvini ötkazdi. Şundan söng, Özbekiston sport vaziri Adham Ikramov, MOQ boş kotibi Oybek Qosimov, Özbekiston tennis federatsiyasi raisi Alişer Mirsoatov va federatsiya boş kotibi Iroda Tölaganova kortga çiqib kelişdi.

Tadbirda vazir Adham Ikramov söz olib, Denis Istominning özbek sportida tutgan örni, uning rivojiga qöşgan hissasi haqida iliq fikrlar bildirgan. Şundan söng Denis an’analarga xos tarzda kuzatib qöyilgan. Öz navbatida, Istomin bunday e’tibordan mamnun ekanini ta’kidlagan.

Ma’lumot uçun, Denis Istomin faoliyati davomida London-2012, Rio-2016 va Tokio-2020 yozgi Olimpiya öyinlarida iştirok etgan. 2018 yil Indoneziyada ötgan Osiyo öyinlarida oltin, şuningdek, Guanjou-2010 da 2 ta kumuş, Inçhon-2014 da 1 ta bronza medaliga ham sazovor bölgan. 2012 yil ATP tasnif jadvalida 33-öringaça kötarilgan. Mazkur taşkilot bayroği ostida ötgan turnirlarda 2 bor (2015, 2017) boş sovrinni qölga kiritgan. Uşbu natijalari evaziga «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan sportçi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.