«Özgidromet» agentligi 6-12 fevral kunlari Özbekistonning bir qator viloyatlarida qor köçiş xavfidan ogohlantirdi.

Agentlik ma’lumotiga köra, 2024 yil 7-8 fevral kunlari A-373 “Toşkent-Öş” avtomobil yölining Qamçiq dovonidan ötgan qismida qor yoğişi, vaqti-vaqti bilan kuçli yoğingarçilik va tuman kuzatilişi, körinuvçanlik 50 metrgaça pasayişi, şamol tezligi 15-20 m/s gaça kuçayişi, oqibatda yölda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelişiga olib kelişi mumkin.

2024 yil 6-12 fevral kunlari kutilayotgan yoğingarçilik hamda havo haroratining özgarişi sababli respublikaning toğli hududlarida, jumladan:

  • Qaşqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamaşi, Şahrisabz tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqörğon, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Bulunğur, Nurobod, Qöşrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
  • Toşkent viloyati: Böstonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Çotqol tizmasi toğlari);
  •  Namangan viloyati: Pop tumanida qor köçiş xavfi e’lon qilinadi.

“Toğli va toğoldi hududlarda istiqomat qiluvçi aholi, dam oliş maskanlarida dam oluvçilar va uşbu hududlarda harakatlanuvçi haydovçilardan ehtiyotkorlik çoralarini körişni söraymiz”, deyiladi xabarda.