Uluğbek Boymurodov – genomika, biotexnologiya böyiça dasturçi ekspert. Stenford universiteti bitiruvçisi. U Stenfordda inson tanasini örganib çiqiş uçun “atlas” yaratiş, Kolumbiya va Nyu-York universitetlarida kasallarning genetik va klinik ma’lumotlarini birlaştirib, blokçeynda saqlaş böyiça loyihalarda iştirok etgan. Özbekistonlik dasturçining Meksikada öz yaxtasi bor: u töfonsiz mavsumda, dengizda kun keçiradi.
Özi, AQŞ va Meksikadagi hayoti haqida
— Asli Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahrida tuğilib ösganman. Maktabda öqib yurganimda Flex dasturi grantini yutib olganman. Bu grant AQŞ davlat departamenti tomonidan taklif qilingan. Dastur AQŞda oila bilan birga bir yil yaşab, 10-sinfni öşa yerda öqiş imkoniyatini bergan. Qaytib kelib maktabni Qarşida bitirganman. Öqişga kirişga imkon bölmagaç, Amerikaga qaytib, Community kollejida öqişni boşlaganman. Kollejda, akademik va jamiyat işlarida faol bölganim uçun “Phi Beta Kappa” faxriy jamiyatining mingdan ortiq kollejlardagi bölimlariga xizmat qiliş uçun vitse-prezident etib saylaşgan, bu menga katta imkoniyatlarni oçgan.
Stenford universitetida yuz foizlik grant bilan öqidim. Stenfordda texnologiya tadbirkorligi yönalişi yaxşi rivojlangan, men ham şunga qiziqib, öqişni bitirişdan oldin döstlarim bilan texnologiya mahsulotlarini bozorga çiqarganmiz. Bu orqali dasturlaşni örganib, şu sohada qolganman. Hozir biotexnologiya va genomika sohasi böyiça IT arxitekturasi, yangi dasturlar yaratiş, ilmiy işlar uçun yangi mahsulotlar yaratib beriş böyiça kontraktor bölib işlayman.
Cohasi haqida
— Genetika/Genomika, bu inson tanasidagi hujayralardagi jarayonlarni örganadi. Deylik, bir hujayra örtasidagi yadroda inson tanasi, töqimalari böyiça barça ma’lumotlar saqlangan böladi. Bu juda katta ilm, biz hali buni töla tuşunib yetganimiz yöq.
Bu sohadagi işlar asosan tibbiyot uçun qilinadi. Bu orqali kasalliklarni oldindan biliş, moyillikni aniqlaş va oldini oliş mumkin. Köpinça saraton kasalliklari böyiça izlaniş böladi. Bundan taşqari, qariş jarayonini sekinlaştiriş yoki oldini oliş böyiça ham işlanadi. Genetika orqali boşqa sohadagi olimlar xalqlar qanday qilib dunyoning turli joylariga tarqalişi, kelib çiqişi haqida ham ilmiy işlar qiliş mumkin.
Aynan mening soham hujayrani örganayotgan olimlarga hujayradagi ma’lumotlarni tahlil qilişga yordam beradi, ma’lumotlarni modullaştiriş uçun kuçli, katta-katta kompyuterlar talab qilinadi. Ma’lumotlar hammasi bir-biriga ulanib, xulosa çiqarib, olimlarga taqdim qilinadi. Oxirgi xulosani olimlar tibbiyot odamlariga beradi. Men özimning dasturlaş xizmatlarimni mijozlarga taqdim etaman. Bu jarayon köp davom etadi.












