Apple kompaniyasi özining yangi mahsuloti – Vision Pro virtual reallik şlemini sotuvga çiqardi. Hozirça faqat AQŞda va 200 ming dona çeklangan miqdorda. Qurilma uçun belgilangan qimmat narx – 3500 dollar ham ommaviy talabga ta’sir qilmadi va mahsulotning birinçi partiyasi bir soat içida töliq sotildi.

Apple Vision Pro nima?

Öyin, iş va boşqa köngiloçar maqsadlarga xizmat qiladigan bu jihoz virtual voqelik olamida katta buriliş yasaşi kutilyapti. Uning qöşimça boşqaruv aksessuari yöq. Bu gadjet orqali uzoq vaqtdan beri kinolardagina aks etgan jarayon haqiqatga aylandi. Uydan çiqmasdan turib dunyoni aylanib çiqiş, kinoteatrga bormasdan öşa yerdagi muhitni his qilib kino köriş mumkin.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Publikatsiya ot Kun.uz (@kun.uz)