Guliston şahri hokimi Dadabayev Tölqinjon Tölanoviç soğligidagi muammolar sabab öz arizasiga binoan lavozimdan ozod etildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Guliston şahri hokimi vazifasini vaqtinça bajariş hokimning moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari Botirov Ğayrat Axmatoviç zimmasiga yuklatilgan.
Tölqinjon Dadabayev şahar hokimi sifatida 2019 yil 25 fevralidan buyon faoliyat yuritib kelayotgan edi.













