Samarqand va Jizzax viloyatlarida elektr tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelgan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, 7 fevral soat 7:30 holatiga uşbu hududlarda yuz berayotgan kuçli şamol ba’zi bir elektr qurilmalarida nosozliklarga sabab bölgan. Buning oqibatida Samarqand viloyatida 457 MVt (114 ming 250 ta iste’molçi), Jizzax viloyatida esa 64 MVt (16 mingta iste’molçi) quvvat bilan elektr ta’minotida vaqtinçalik qisqa muddatli uzilişlar kuzatilmoqda.

Vazirlikka köra, hozirgi vaqtda maxsus brigadalar tomonidan ta’mirlaş işlari olib borilmoqda. Nosozliklar qisqa vaqt içida bosqiçma-bosqiç bartaraf qilinib, iste’molçilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Oldinroq noqulay ob-havo oqibatida Qaşqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarining 10 mingdan ortiq iste’molçisi tarmoqdan uzilgandi.