“ToşkentboşplanLITi” boş loyiha instituti direktorining şaharsozlik va ilmiy işlar böyiça örinbosari Şerzod Ziyayev Kun.uz'ning poytaxt boş rejasi keçikayotgani haqidagi savollariga javob berdi.

“2018 yildan boşlab bötqa bölib ketdi”

— Şaharsozlik qonunçiligida şunday narsa borki, qaysidir davrga qadar yirik yoki katta şaharning boş rejasi işlab çiqiladi. Öşa davr kelganidan keyin texnik-iqtisodiy asoslari (TIA) yangilab borilişi kerak. Çunki aholi soni oşadi, yaşaş sur’ati özgaradi. Oxirgi marta 1991 yilda TIA tasdiqlangan. Undan keyingi davrniki işlab çiqilib, tegişli taşkilotlarga berilgan. 2010 yilga kelib, TIA qaytadan işlab çiqilgan. Oxirgi finişga borganda bu jarayon töxtagan.

2013 yilda boş rejani 2 bosqiçda işlab çiqiş topşiriği berilgandi. Şunga asosan, boş reja işlab çiqilgan, Vazirlar Mahkamasidagi deyarli hamma vazirliklar roziligini bergan, faqat Iqtisodiyot va moliya vazirligi imzo qöymay yurişgan. Keyin şu bilan vaqt ötib ketgan. Endi oxiri, [yangi davrga kelib], boş reja masalasi kötarilganidan keyin Iqtisodiyot va moliya vazirligi berilgan ma’lumotlar eski davrniki ekanini, bu yilga töğri kelmasligini, özgartiriş kerakligini aytişdi.

2014 yilda boş reja ekspertizalardan ötib bölgandi. 2017 yilda oxirgi marta tasdiqlatiş uçun Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritildi. 2018 yildan boşlab esa bötqa boşlanib ketdi. 2018 yil 17 avgustda prezidentning 5515-sonli farmoni çiqqanidan keyin uning 12-bandiga asosan Toşkent şahrining boş rejasini işlab çiqiş uçun xalqaro tanlov e’lon qilinişi kerak edi. Tanlovni taşkillaştiriş va buyurtmaçilik vazifalarining hammasi Toşkent şahar hokimligiga yuklatilgan edi. Lekin tanlov ötkazilmadi, buyurtmaçi tomonidan bizga heç qanday buyurtma berilmadi va biz boş reja muallifi sifatida oldingi rejalarni davom ettirganmiz, lekin bu masala töxtab qoldi.

2018 yil 20 dekabrda prezident taşrifi davomida yana Toşkent şahrining boş rejasi konsepsiyasini işlab çiqiş, xalqaro tanlovni ötkaziş çoralarini köriş topşiriqlari berildi. Biz tomondan vakolatimiz doirasida belgilangan loyiha işlarining davomi qilindi, lekin bu topşiriq ham yakuniga yetmadi. Undan keyin 2019 yil apreliga qadar xalqaro tanlov natijalari kiritilişi kerak edi, u ham kiritilmadi. 2021 yilga kelib, prezident taşrifi davomida yana navbatdagi topşiriq berildi. Unga köra, 2041 yilgaça möljallangan boş rejani işlab çiqiş vazifasi yuklatildi. Lekin buyurtmaçi tomonidan buyurtma xatlari yoki moliyalaştiriş masalalari körilmaganidan keyin, bu jarayon yana töxtab qolgandi.