Usmonov Ukrainadagi uruş boşlanganidan bir neça kun ötib, Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qolgan edi. Yevropa Ittifoqi öz qarorini izohlar ekan, Usmonovni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan «ayniqsa yaqin aloqaga ega şaxs» sifatida ta’rifladi.
«U Rossiya hukumatining Ukrainani beqarorlaştiriş siyosatini faol qöllab-quvvatladi», deyiladi Yevropa Ittifoqi sanksiyalari qarorida.
Yevropa sudi, şuningdek, Rossiya boş vazirining sobiq birinçi örinbosari Igor Şuvalovning ham xuddi şunday şikoyatini rad etdi. Yevropa Ittifoqi uni «Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga putur yetkazuvçi harakatlar va siyosatlarni qöllab-quvvatlovçi» sifatida tavsiflaydi.
2023 yil avgustida Avstriyaning Kurier gazetasi Usmonovga sudda yutqazib qöydi, uning maqolasida Usmonov Putinning «sevimli oligarxlaridan biri» deb atalgan edi. Hamburg sudi nizoda tadbirkor tomonida böldi va bu bayonot tuhmat degan xulosaga keldi. 2023 yil sentabrida YeI Kengaşi Usmonovga nisbatan «oligarx» ta’rifidan voz keçdi.
Alişer Usmonov Rossiyaning eng boy biznesmenlari reytingida 8-örinda. Tadbirkor USM holdingining asosçisi va asosiy aksiyadori (49%) bölib, öz navbatida «Metalloinvest» va «Megafon» kompaniyalariga egalik qiladi. Rossiyaning Forbes naşri ma’lumotlariga köra, uning boyligi 2023 yilda 14,4 milliard dollarni taşkil qilgan.













