Isroil mudofaa armiyasi (TsAHAL) HAMAS asirligida qolgan 136 kişidan 31 nafari halok bölganini tasdiqladi. Bu haqda TsAHAL spikeri Daniel Hagariy ma’lumot berdi.
Bir kun avval The New York Times Isroil razvedkasiga tayanib, garovga olingan 32 nafar isroillikning ölimi haqida yozgan edi. Ularning 30 nafari 7 oktyabrda boşlangan HAMAS va Isroil örtasidagi uruş paytida, 2 nafari esa 2014 yilda, avvalgi mojaro paytida halok bölgan va şundan beri ularning jasadi Ğazo sektorida saqlanmoqda.
Hagariyning aniqlik kiritişiça, hozirgaça garovga olingan 29 nafar isroillik va 2014 yilda öğirlab ketilgan ikki askar ölimi tasdiqlangan, ularning oilasi bundan xabardor qilingan.
Isroil razvedkasining hali tasdiqlanmagan ma’lumotlariga köra, HAMAS asirligida yana kamida 20 nafar isroillik öldirilgan bölişi mumkin. Şu tariqa, tirik qolganlar 80 ga yaqin ekani taxmin qilinmoqda.
Misr rasmiylariga köra, HAMAS vakillari garovga olinganlarning qançasi ölganini bilmasligini aytgan. Bundan taşqari, ular garovdagilar Isroil havo zarbalari oqibatida halok bölganini ta’kidlamoqda.
7 oktyabr kuni HAMAS harakati Isroilga hujumi paytida 240 nafardan ortiq odamni garovga olgan edi. 2023 yil noyabr oyi oxirida Isroil va HAMAS vaqtinçalik öt oçişni töxtatişga kelişdi va mahbuslar bilan garovdagilarni almaşişdi. Bitimga köra, 300 nafardan ortiq falastinlik Isroil qamoqxonalaridan qöyib yuborildi. HAMAS esa garovdagi 105 nafar isroillikni ozod qildi. 1 dekabr kuni Ğazo sektorida janglar qayta boşlandi.














