Andijon viloyati Marhamat tumanida Meksika davlati orqali Amerika Qöşma Ştatlariga işga yuborişni va’da qilgan firibgarlar uşlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Unga köra, holat Boş prokuratura huzuridagi departamentning Marhamat tuman bölimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Fuqaro O.U. F.B.ning işonçiga kirib, uni göyoki migratsiya agentligida işlovçi tanişlari yordamida Meksika davlati orqali Amerika Qöşma Ştatlariga işga yuborişi evaziga 15 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida uşlangan. 

Uning körsatuviga asosan davom etgan tadbirda boşqa bir fuqaro N.M. fuqaro O.U.dan 6 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.