Dam oliş kunlari Özbekiston hududi böyiça quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda «Özgidromet».

Respublika böyiça havo biroz bulutli böladi, vaqti-vati bilan özgarib turadi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, 9 fevralda ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgaça kuçayişi mumkin.

Harorat keçasi +3...+8 daraja, kunduzi +15...+20 daraja böladi. Bunday harorat foni fevral oyi birinçi ön kunligi oxiri uçun bölgan me’yoriy qiymatlardan 6–8 darajaga köpdir.

Respublikaning toğli hududlarida harorat kötarilişi hisobiga qor köçişi xavfi bor.

Toşkentda 10–11 fevral kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat keçalari +5...+8 daraja, kunduz kunlari +17...+19 daraja böladi.