2022 yil 1 sentabrdan Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Özbekistonda vaqtinça mehnatga qobiliyatsizlik varaqalarini elektron şaklda rasmiylaştiriş test-rejimida amaliyotga tatbiq etilgan edi.
SSV matbuot xizmati xabar berişiça, hozirga kelib bu jarayonlar töliq yakunlanib, 2024 yil 1 yanvardan respublikaning barça hududlarida mehnatga layoqatsizlik varaqalari va ma’lumotnomalarini faqat elektron şaklda rasmiylaştiriş belgilandi.
Kasallik varaqalarini şakllantirişda 2 ta rol belgilangan:
- Yaratuvçi (mehnatga layoqatsizlik varaqalarini yuritişga mas’ul tibbiy xodimlar: IT-operator hamşira, boş hamşira yoki boşqa tibbiy xodim);
- Tasdiqlovçi (boş şifokor, uning örinbosari, mudir).
Şuningdek, hozirda respublika taşkilotlari, xususiy klinikalar, Soğliqni saqlaş vazirligi tizimida bölmagan boşqa vazirlik va idoralar tibbiy qismlarining rasmiy murojaati böyiça ularga tasdiqlaş rollari berilyapti.
Tizimga kiritilgan mehnatga layoqatsizlik varaqalari töğrisidagi ma’lumotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligining «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» (my.gov.uz) axborot tizimi hamda UZASBO dasturiy ta’minotiga elektron şaklda yuboriladi.
Xususiy taşkilotlar xodimining mehnatga layoqatsizlik varaqalari töğrisidagi ma’lumotlarini oliş uçun Mehnat.uz axborot tizimi hamda UZASBO dasturiy ta’minotiga integratsiya qilingan bölişi lozim.












