Respublikaning uçta hududida AQŞga yuboriş bilan boğliq firibgarlik holatlari foş etildi.
Ma’lum qilinişiça, Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent şahar böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti bilan hamkorlikda Çilonzor tumanida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda Toşkent şahrida yaşovçi, 1979, 1999 va 2001 yillarda tuğilgan 3 nafar şaxs özaro til biriktirib, 6 nafar fuqaroga viza hujjatlarini olib beriş hamda Yevropa orqali AQŞga işga yuboriş evaziga 32 ming dollar olgan vaqtlarida uşlangan.
Tergovga qadar tekşiruv davomida yuqoridagi şaxslardan biri uşbu maqsadda muqaddam 3 900 dollar olganligi ham ma’lum bölgan.
Buxoro şahrida 1997 yilda tuğilgan, muqaddam 3 marotaba sudlangan şaxs AQŞ elçixonasidan tegişli viza olib, okean ortiga işga yuboriş evaziga 32 yoşli hamşaharidan 40 ming dollari talab qilgan. U söralgan puldan 30 ming dollarini olgan vaqtida qölga olingan.
Samarqand viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirda esa 1989 va 1995 yillarda tuğilgan 2 nafar şaxs özaro kelişgan holda Samarqand tumanida istiqomat qiluvçi fuqaroni “Özbekiston-Turkiya-Portugaliya-Gvatemala-Meksika-AQŞ” yönalişi orqali AQŞga işga yuboriş evaziga 23 ming dollar talab qilişib, oldindan 10 ming dollar olganda uşlangan.
Boşqa holatda Samarqand şahrida yaşovçi, 1983 yilda tuğilgan şaxs Samarqand tumanida istiqomat qiluvçi fuqaroni “Özbekiston-Turkiya-Ispaniya-Gonduras-Meksika-AQŞ” yönalişi orqali AQŞga işga yuboriş evaziga 18 ming dollar talab qilgan. U kelişilgan pulning 10 ming dollarini olgan vaqtida uşlangan.
Hozirda barça holatlar yuzasidan mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Samarqand va Toşkentda fuqarolarni katta pul evaziga AQŞ, Fransiya va Kanada davlatlariga yuborişni va’da qilgan şaxslar qölga olingandi.













