Toşkentda yöl harakati qoidasini 174 marta buzgan haydovçiga qarşi çora körildi. 

Qayd qilinişiça, uning 1 yil davomida tölanmagan ma’muriy jarimalari miqdori qariyb 59 million sömga yaqinlaşgan. Şu sababli, MIB Şayxontohur tumani bölimi tomonidan avtomobili xatlanib, jarima maydonçasiga joylangan. 

Qonunçilikka asosan qarzdorga öz qarzini tölaşi uçun muxlat berilgan. Ta’kidlanişiça, agar qarz tölanmasa, uning avtomobili auksion savdosiga çiqariladi va sotib yuboriladi. Tuşgan mablağlar qarzini qoplaş uçun sarflanadi.