Canalys tadqiqot kompaniyasi 2023 yilda dunyoda eng köp sotilgan smartfonlar reytingini e’lon qildi. Önta örindan yettitasini Apple telefonlari egalladi.
Birinçi örinda iPhone 14 Pro Max bölib, 12 oy içida u 34 million nusxada sotilgan. Qiziği şundaki, uni uç oy içida 33 million marta sotilgan iPhone 15 Pro Max deyarli quvib yetdi. Uçinçi eng ommabop smartfon iPhone 14 (29 million nusxa) böldi.
Apple bilan faqat Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi raqobatlaşa oldi. Uning arzon modellari Galaxy A14 4G, Galaxy A54 va Galaxy A14 5G mos ravişda oltinçi, sakkizinçi va töqqizinçi örinlarni egalladi. Ötgan yilgi flagman Galaxy S23 Ultra reytingdan joy olmadi.
Top-10 2023 yilda dunyoda eng köp sotilgan smartfon:
- iPhone 14 Pro Max (34 million);
- iPhone 15 Pro Max (33 million);
- iPhone 14 (29 million);
- iPhone 14 Pro (29 million);
- iPhone 13 (23 million);
- Galaxy A14 4G (21 million);
- iPhone 15 Pro (21 million);
- Galaxy A54 (20 million);
- Galaxy A14 5G (19 million);
- iPhone 15 (17 million).
Tahlilçilarning ta’kidlaşiça, 2023 yilda iPhone Pro modeli umumiy reytingda ilk marotaba birinçi örinni egalladi.













