AQŞ Adliya vazirligi prezident Jo Bayden 2017 yilda vitse-prezident lavozimini tark etayotganda özi bilan olib ketgan maxfiy hujjatlarni notöğri saqlagani uçun jinoiy javobgarlikka tortilmasligini ma’lum qildi. Iş bilan şuğullangan maxsus prokuror Robert Hur hisobotida Bayden tergov bilan hamkorlik qilayotgani va ehtimoliy sud jarayonida hakamlar hay’atini hujjatlarga ega böliş noqonuniy ekanligiga işontiriş qiyin bölişi ta’kidlangan.

«Biz sud jarayonida Bayden özini, xuddi suhbatimiz paytida bölgani kabi, yaxşi niyatli, ammo xotirasi yomon keksa odam sifatida körsatişi mumkinligini hisobga oldik», deb prokurorning sözlarini keltirdi Reuters. Maxsus prokuror hisobotida Baydenning xotirasi «sezilarli darajada çeklangan», deb yozilgan. Masalan, prezident öğlining vafot etgan sanasini eslay olmagan.

Hisobot e’lon qilinganidan köp ötmay, Oq uy Hurga prezident xotirasiga «noörin tanqid» qiliş «notöğri, asossiz va xato» ekanini uqtirdi. Oq uyning ta’kidlaşiça, guvohlarga xos bölgan xislat – «köp yillar oldin bölgan voqealarni eslay olmasligi»ni tasvirlaş uçun «öta noxolis til» işlatilgan. Qayd etilişiça, Bayden 8 va 9 oktyabr kunlari, ya’ni HAMAS va Isroil mojarosi boşlanganidan bir kun ötgaç, tergovçilarga beş soatlik ikkita intervyu bergan. Vaholanki, bir kun oldin Amerika yetakçisi köplab davlatlar rahbarlari bilan telefon suhbatlari ötkazişiga töğri kelgan.

Şundan söng, Jo Baydenning özi ham matbuotga murojaat qildi. Uning ta’kidlaşiça, tergovda ba’zan 40 yil oldin bölgan voqealarga töxtalib ötilgan, bu esa «tuşkunlikka solgan». Bundan taşqari, öğlining vafoti sanasi haqidagi savoldan keskin norozi bölgan.

«Qanday qilib u bunday savolni berişga jur’at etdi? Mendan bu haqda söraşganda, «ularning nima işi bor», deb öyladim. Uning vafot etgan sanasida har doim xotira tadbiri ötkazamiz. Bu haqda menga eslatiş şart emas», dedi Bayden qisqa nutqi davomida.

Jurnalistlar prezidentdan maxsus prokurorning «xotirasi yomon, yaxşi niyatli qariya» deb ta’riflaşiga izoh berişni söradi.

«Men eng yaxşi niyatlar bilan harakat qilaman. Men keksa odamman va nima qilayotganimni bilaman. Men prezident sifatida bu mamlakatni oyoqqa turğazdim. Menga uning tavsiyalari kerak emas. Xotiram yaxşi», deb javob berdi Bayden.

Prokurorlarning Baydenga qarşi da’volari maxfiy hujjatlar bilan boğliq. Jumladan, 2022 yil noyabr oyida uning Vaşingtondagi sobiq ofisida va Uilmington şahridagi uyi garajida 2009-2017 yillarga aloqador önlab maxfiy hujjatlar topildi. Bayden şu davrda AQŞ vitse-prezidenti bölib işlagan. Prezident advokatlari topilgan barça hujjatlarni darhol Milliy arxivga topşirişdi. AQŞ qonunçiligiga köra, Bayden ularni öz lavozimini tark etgan paytda arxivga topşirişi şart edi.