Rossiya Markaziy saylov komissiyasi (MSK) 15—17 mart kunlari bölib ötişi rejalaştirilgan Rossiya prezidenti saylovi uçun byulleten matnini tasdiqladi.
2008 yildan beri birinçi marta saylov byulletenida atigi tört nafar nomzod böladi. Saylov byulleteniga amaldagi prezident Vladimir Putindan taşqari «Yangi odamlar» partiyasidan Vladislav Davankov, Rossiya Liberal-demokratik partiyasidan Leonid Slutskiy va Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasidan Nikolay Xaritonov kiritilgan.
Saylov byulletenida nomzodlar alifbo tartibida joylaştirilgan bölib, ular qayerda va kim bölib işlayotgani, nomzodi kimlar tomonidan körsatilgani kabi ma’lumotlar bor. Agar nomzod özining partiya a’zosi ekanini körsatgan bölsa, saylov byulletenida partiyaning nomi va nomzodning partiyadagi maqomi körsatilgan.
Har bir nomzodga saylov byulletenining teng qismlari ajratilgan. Şu bilan birga, Rossiyaning amaldagi prezidenti Vladimir Putin boşqa nomzodlar orasida sezilarli darajada ajralib turadi: u haqidagi ma’lumotlar ikki qatorda, qolganlari haqida esa sakkiz-töqqiz qatorda joylaşgan. Bunga Meduza naşri e’tibor qaratdi.
MSK allaqaçon 2018 yilgi saylovlarda Vladimir Putin ajralib turadigan saylov byulletenidan foydalangan edi. Şunda komissiya rahbari Ella Pamfilova «hamma narsa qonun böyiça aniq» dedi.













