Energetikada dunyo lideri: Xitoy bunga qanday erişdi?
|23:30 / 11.02.202430 31314 min
Agrar davlatdan katta tezlikda sanoatlaşuvga erişgan, elektr quvvati böyiça AQŞni ortda qoldirib dunyo yetakçisiga aylangan Xitoyning muvaffaqiyat tarixi – bu ölkaning bir neçta şaharlarida bölib qaytgan Kun.uz muxbiri nigohida. Xitoyda elektr energiyasi narxi qança, u yerda ham svet öçadimi? Reportajda şu kabi savollarga ham javob topasiz.
Qişloq xöjaligidan sanoatga...
Özining uzoq tarixi davomida an’anaviy ravişda qişloq xöjaligi mamlakati bölgan Xitoy 1950 yildan boşlab oğir sanoatni rivojlantirişga alohida e’tibor bera boşladi. Mamlakatda ijtimoiy tajribalar bir qator muvaffaqiyatsizliklarni yuzaga keltirgan bölsa-da, şunga yaraşa rivojlaniş ham yuqori sur’atda ösib bordi.
1976 yildan boşlab mamlakatda faol iqtisodiy ösiş boşlandi. Savdo-sotiq, bordi-keldi avj olayotgan dengizga tutaş port hududlar, keskin oşib borayotgan aholi soni, şaharlarning sanoatlaşişi, qişloq joylarini jadal elektrlaştiriş va örta sinf hayotining farovonlaşuvi ham yanada köproq elektr energiyasi iste’moli, degani edi.
Keyingi 20-25 yillarda Xitoyda nisbatan past energiya iste’moli mavjud bölib, u asosan içki resurslar hisobidan, ya’ni kömir bilan yoqiladigan issiqlik elektr stansiyalari hisobiga qondirilardi.
Rivojlaniş yölini maqsad qilgan Xitoy uni kelajakda kutayotgan elektr ehtiyojlariga tayyor turişi kerak edi. 1995-2005 yillar orasida energiya quvvati 66 GWdan 622 GW, ya’ni 10 baravarga oşdi.
Bu orada boşqa muqobil energiya manbalari sifatida kömirga qöşimça gidroenergetika va atom energiyasidan foydalaniş ortidan mamlakatda işlab çiqarilgan quvvat 2008 yilda 797 GWni, 2010 yil oxirig a kelib esa 950 GWni taşkil etdi.
Aytiş joizki, Xitoy yadro dasturi ötgan asrning 50-yillarida harbiy maqsadlarda işga tuşirilgan. 1964 yilda birinçi yadroviy qurol sinovlari bölib ötgaç, 1970 yilda Şanxayda Yadro muhandisligi ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti taşkil etildi. Uşbu voqea Xitoyda atom energiyasidan tinç maqsadlarda foydalanişning boşlanğiç nuqtasi böldi va birinçi atom elektr stansiyasi 1985-1991 yillarda Tsinşanda qurildi.
Mavzuga oid
Kömir har doim Xitoyning energiya balansida muhim örin egallab, barça iste’mol qilinadigan resurslarning 70 foizdan ortiğini taşkil qilgan.
1992 yildan boşlab davlat asta-sekin kömir narxlari ustidan nazoratni pasaytira boşladi, ammo bu liberallaşuvga olib kelmadi. Balki narxlar oxir-oqibat yirik davlat işlab çiqariş korxonalari va yakuniy mahsulotning yirik xaridorlari örtasidagi kelişuv asosida belgilana boşladi. Natijada, yuqori sifatli toşkömirning içki narxlari xalqaro narxlardan bir tonna uçun 5-7 dollargaça qimmatlaşib ketdi.
Mahalliy kömir narxining yuqoriligi va transportdagi muammolar, kömir iste’molining ösişi bilan birga Xitoy 2007 yilning birinçi çoragida ilk marta kömirning sof importçisiga aylandi.
2009 yilda Xitoy qayta tiklanadigan energiya manbalari bölmiş umumiy quvvati 226 GW bölgan gidro, şamol, biogaz va foto elektr stansiyalarini işga tuşirdi. 2016 yil aprel holatiga köra, umumiy quvvati 28,8 GWli 17 ta atom elektr stansiyasi mamlakat umumiy elektr energiyasining 3 foizdan köproğini taşkil etardi.
2009 yil oxirida Xitoyning 90 ga yaqin kompaniyasi şamol turbinalari, 50 dan ortiq kompaniya parraklar va 100 ga yaqin kompaniya turli komponentlar işlab çiqardi. 2010 yilda Xitoy 40 GW çegaradan oşib, örnatilgan şamol turbinasi quvvati böyiça AQŞni ortda qoldirib, jahon yetakçisiga aylandi va bugun Xitoy energetika quvvatining har qanday yönalişi böyiça dunyo gegemoniga aylandi.
Bugungi Xitoy energetikasi
Boşqa davlatlardagi energotizim haqida gap ketganda, eng avvalo, elektr energiyasi narxlari va “u yerda ham elektr uzilişlari böladimi?” degan eng sodda, ammo asosli savollar ham xayoldan ötadi. Bu savollarni ham javobsiz qoldirmaymiz. Hozir esa Xitoy energetikasining bugungi holati haqida qisqaça gapirmasak bölmaydi.
The New York Times gazetasiga köra, 2011 yilgaça ham Xitoyda elektr uzilişlari bölardi. Xitoy bugun qayta tiklanuvçi energiya qurilmalarini işlab çiqariş va ekspluatatsiyasi böyiça ham yetakçi bölişiga qaramasdan, mamlakatning umumiy energiya iste’molida kömir ustunlik qiladi. 2020 yilga kelib, kömir bilan işlaydigan zavodlarning 40 foizidan ortiği sof zarar bilan işlayotgani taxmin qilingan va ular yangi qayta tiklanadigan energiya manbalaridan qimmatroq edi. Bu zarar 2025 yilga kelib 94 foiz bölişi ham mumkin.
Şunga qaramasdan, bu turdagi an’anaviy elektr quvvatidan voz keçiş keçiktirilaveradi. Çunki suv ham, şamol va quyoş ham doimiy bölmasligi mumkin. Iqtisodiy rivojlangan davlat uçun esa doimiy, işonçli elektr manbasi kerak. Bunga esa kömirda işlaydigan elektr stansiyalar yeçim sifatida köriladi. Ammo 2040 yilga borib, Xitoy elektrda kömir quvvatidan voz keçişi ham mumkin. Ma’lumot uçun, 2022 yilda umumiy elektr quvvatining yarmidan köproği kömirni yoqiş orqali olingan.
Ammo undan foydalaniş zararli gazlarning eng yomon emissiyasidir. Bu Xitoyni eng katta karbonat angidrid emitentiga aylantiradi, ya’ni dunyoning kömir bilan zaharlanişida Xitoyning uluşi 37 foizdan köproq.
Şu örinda Xitoy qayta tiklanadigan energiyaning muhim işlab çiqaruvçisi bölgan mamlakat. Qisqaça aytganda, davlat ham tabiatni zararlaydi, ham uni himoya qilişga katta hissa qöşadi.
Gidroenergetika tizimi hozirda Xitoyning eng yirik qayta tiklanadigan energiya manbai bölib, kömirdan keyin ikkinçi örinda turadi. 2021 yilda gidroenergetika 1300 teravatt-soat energiya işlab çiqardi, bu Xitoy umumiy elektr energiyasining 15 foizini taşkil etdi. Xitoyning qazib olinadigan yoqilği zaxiralari yetarli emasligi va hukumatning energiya mustaqilligini afzal körişi sababli gidroenergetika mamlakatning energetika siyosatida katta rol öynaydi.
2023 yil fevral holatiga köra, Xitoyda 57 GW quvvatga ega 55 ta, 24 GW quvvatga ega 22 ta qurilayotgan jami 70 dan ortiq atom stansiyalari mavjud. Bu miqdor mamlakat elektr energiyasining 5 foizga yaqinini taşkil qiladi.
Xitoy energetikasini rivojlantiriş böyiça milliy strategiyada 2030 yilgaça yadroviy reaktorlar sonini 110 taga yetkaziş rejalaştirilgan. 2020 yilda Xitoy xalq respublikasi rahbari Si Jinping Parij iqlim kelişuviga muvofiq Xitoy 2060 yilga kelib uglerodni neytrallaştirişni maqsad qilganini e’lon qildi.
Özbekiston va Xitoy hamkorligi
Xitoy va Özbekistoning energetika sohasidagi hamkorlik aloqalari, ayniqsa, sönggi yillarda jadallaşib ketdi. Aholi soni va iqtisodiyoti ösib borayotgani ortidan elektr energiyasiga bölgan talab tobora ortayotgan Özbekiston Xitoy uçun yaxşi bozor, Xitoyning logistik jihatdan yaqin va qulay geografik joylaşuvi, uzoq yillik sinovlardan ötgan tajribasi hamda dunyoda sohadagi yetakçiligi Özbekiston uçun ham ayni muddao.
Özbekiston hududlarida barpo etilayotgan şamol va quyoş elektr stansiyalari qurilişida u yoki bu körinişda Xitoy kompaniyalarining iştiroki bor. Va ularning barçasi Xitoyning yetakçi kompaniyalari. Biz mazkur kompaniyalarning işlab çiqariş quvvati, işlaş usullari, yangi texnologiyalardan qanday foydalanişayotgani hamda bugungi muvaffaqiyatlari bilan tanişiş maqsadida Energetika vazirligi bilan Xitoyning Pekin, Sian va Çengdu şaharlarida böldik.
Şu kungaça 140 dan ortiq davlatda 300 dan ziyod loyihalarni işga tuşirgan “China Energy Engineering Corporation” kompaniyasining boş ofisidamiz. Kompaniya öz xizmatlari bilan dunyo yaşil energetikasiga hissa qöşib kelmoqda.
Pekindan keyingi manzilimiz Sian şahri böldi. Maqsadimiz Özbekiston bilan yana bir yönalişda hamkorlik qilayotgan “China XD” kompaniyasidagi işlab çiqariş jarayonlarini köriş edi.
1955 yilda taşkil topgan kompaniya eng kiçigidan boşlab eng quvvatlisigaça bölgan elektr qurilmalar, ya’ni podstansiyalar, kuç transformatorlari, izolyatorlar, öçirgiçlar işlab çiqaradi. Juda yuqori kuçlanişlarga bardoşli bölgan yirik hajmdagi qurilmalar tayyorlanadigan bu korxona dunyoda unikal deya baholanadi.
“China XD” kompaniyasi Özbekiston hududlari böylab 100 ta podstansiya quriş va modernizatsiya qiliş hamda turli kuçlanişdagi elektr uzatiş tarmoqlarini bunyod etiş loyihalarini amalga oşirmoqda.
Quyoş panellari bozorida eng kuçli brendlar qatoriga kiruvçi “Longi” kompaniyasi ketma-ket uç yil davomida quyoş modullarini katta hajmda yetkazib beriş böyiça yetakçilik qilib keladi. Çengdu şahrida 2000 yilda taşkil etilgan kompaniya bugun dunyoning 150 dan ortiq mamlakatida faoliyat yuritib keladi. Özbekistonning Nişon va Qorovulbozor tumanlarida barpo etilayotgan, har birining quvvati 500 MVtdan bölgan yirik quvvatli quyoş fotoelektr stansiyalari uçun quyoş panellari ham mazkur korxona mahsuloti hisoblanadi.
Xitoyga qilgan sermahsul safarimiz davomida Samarqand viloyatining Kattaqörğon va Jizzax viloyatidagi Ğallaorol tumanlarida har birining quvvati 220 MVtdan bölgan ikkita quyoş fotoelektr stansiyasi qurilişida boş pudratçi sifatida qatnaşayotgan Çengdudagi “Donfang electric corporation” elektr maşinasozlik zavodi hamda Pekinda joylaşgan, bugun Xitoydagi 1 milliarddan ortiq aholini elektr energiyasi bilan ta’minlayotgan dunyodagi eng yirik elektr ta’minot kompaniyasi hisoblanmiş “State Grid” korporatsiyasi tajribalari bilan ham tanişdik.
Elektr energiyasi uçun narxlar
“Global petrol prices”ga köra, 2023 yilning iyun oyida Xitoyda uy xöjaliklari uçun elektr energiyasi narxi bir kVt-soat uçun 0,077 AQŞ dollari yoki özbek sömida deyarli 900 sömni taşkil etadi. Taqqoslaş uçun, dunyo böyiça öşa davrda elektr energiyasining örtaça narxi uy xöjaliklari uçun 0,154 AQŞ dollari (1900 söm) bölgan. Bu röyxatda Özbekiston 300 söm bilan eng arzon 14 talikdan örin olgan.
Bundan taşqari? Xitoyda elektr uçun tölovlar tabaqalaştirilgan holda amalga oşiriladi. Ya’ni, tariflar quyidagiça:
· 240 kilovatt-soatgaça 900 söm atrofida (0,5 yuan);
· 240-400 kilovatt-soat orasida 1110 söm atrofida (0,64 yuan);
· 400 kilovatt-soatdan ortiq iste’mol uçun taxminan 1543 söm (0,89 yuan).
Xitoyda svet öçadimi?
2021 yilning keç kuzi. Xitoyda energetika inqirozi kuçayib, zavodlar işida uzilişlar boşlandi. Şaharlarda ham elektr quvvatidan mahrum bölib, bir neçta provinsiyalardagi aholi ijtimoiy tarmoqlarda uylari isitişdan töxtagani, köçalardagi svetoforlar işlamayotgani haqida yozişni boşladi. Ba’zi şaharlarda aholidan elektr energiyasiga talab eng yuqori bölgan vaqtlarda elektr qozon va mikrotölqinli peçlardan foydalanmaslik söraladi. Savdo markazlari kutilganidan ertaroq yopiladi.
Xitoy ommaviy axborot vositalarida Şenyandagi qop-qoronği avtomagistralda harakatlanayotgan maşinalar aks etgan video ham körsatiladi.
Şu bilan birga, Xitoyning yana önta viloyati, jumladan, sanoat markazlari allaqaçon elektr energiyasi iste’moliga çeklovlar joriy etadi.
Bunday elektr uzilişlari mamlakatdagi 100 million odamlarning hayotiga ta’sir qilib, “Goldman Sachs” investitsiya banki Xitoyning iqtisodiy ösişi böyiça prognozini öşa paytdayoq 8,2 dan 7,2 foizga pasaytirdi. Mazkur bank hisobotlariga köra, elektr tanqisligi Xitoy sanoat faoliyatining 44 foiziga ta’sir qilgan.
Xitoy özini özi elektr bilan ta’minlay olmaydimi?
Elektr energetika sanoatida bugun dunyo gigantiga aylangan Xitoy uçun elektr uzilişi paradoks holat edi. Nahotki, mamlakat özini özi elektr bilan ta’minlay olmasa, degan haqli savol örtaga çiqadi.
Xitoyning energiya iste’moli yiliga qariyb 7 trillion kilovatt-soatga yetadi. Elektr energiyasi işlab çiqaruvçi barça obektlarning umumiy işlab çiqariş hajmi esa yillik 7,2 trillion kilovatt-soatni taşkil etib, bu respublika iste’molining 105 foizi demakdir. Xitoy özini özi işlab çiqargan energiya bilan ta’minlaşi mumkin. Şunga qaramay, Xitoy xorijiy davlatlar bilan energiya savdosini ham amalga oşiradi. Sof iste’mol bilan bir qatorda işlab çiqariş, import va eksport muhim rol öynaydi.
Unda nega elektr uzilişi kuzatildi?
2021 yilda endigina pandemiya çeklovlari yeçilayotgan şaroitda ommaviy elektr tanqisligiga:
· elektr energiyasiga talabning dinamik ortişi;
· kömir va gaz narxining tez ösişi;
· hukumatning kömirdan çiqadigan gaz çiqindilarini kamaytiriş böyiça ekologiyaga oid qarori sabab böladi.
Natijada zavodlar öz işlarini davom ettiriş uçun qimmatbaho elektr generatorlarini ijaraga olişga majbur bölişdi. Kompaniyalar rahbarlaridan birining sözlariga köra, bunday generatorni ijaraga oliş va dizel yoqilğisi sotib oliş xarajatlari avval yetkazib berilgan elektr energiyasidan ikki baravar yuqori. Bu işlab çiqariş xarajatlarining oşişiga va şu örinda tovarlarning umumiy narxiga ham ta’sir qilmasdan qolmadi.
Xitoy bundan tegişli xulosa çiqarib, iqtisodiyot ösişi, narxlarning barqarorligi va mamlakatning jahon bozoridagi nufuzini saqlaşda elektr energetikasining örni qançalik muhim ekanligini anglagan holda hududlarni bir-biriga ulangan uzluksiz energiya bilan ta’minlaş masalasini jiddiy körib çiqadi va bu xato boşqa takrorlanmasligini ta’minlab kelmoqda.