Osiyo kubogi-2023 finalida mezbon va amaldagi çempion Qatar turnir kaşfiyotiga aylangan Iordaniyaga qarşi maydonga tuşdi.

«Lusail» stadionida turnir finallaridagi muxlislar taşrifi rekordi – 86 492 tomoşabin qarşisida ötgan hal qiluvçi bahsda xitoylik hakam tomonidan belgilangan uçta penalti boş sovrin taqdirini hal qildi.

Final bilan birga turnir qahramoniga aylangan Akrom Afif 22, 73 va 90+5-daqiqada penaltilardan uç marta foydalanib, Qatarga turnirdagi ketma-ket ikkinçi çempionlikni keltirdi – 3:1. 

Şu bilan birga Afif het-trigi evaziga töpurarlar röyxatida Aymanni (6ta gol) ortda qoldirib, 8ta gol bilan musobaqaning eng yaxşi goleadoriga aylandi.

Qayd etiş joiz, Qatar bu turnirda faqatgina Özbekiston milliy jamoasini çorakfinal öyinida mağlub eta olmadi va penaltilar seriyasidagi ğalaba evaziga yarimfinalga çiqqandi.

Osiyo kubogi-2023. Final
Qatar – Iordaniya - 3:1
Boş hakam: Ma Ning (Xitoy)
Zaxira hakami: Ilgiz Tantaşev (Özbekiston)
Beşinçi hakam: Andrey Tsapenko (Özbekiston)
Gollar: Akrom Afif 22 penaltidan, 73 penaltidan, 90+5 penaltidan – An-Naymat 67.
Qatar: 22.Maşal Barşam, 3.Al Mahdi Ali Muxtor (16.Bualem Xuxi, 81), 4.Muhammad Va’d Al Bayati, 5.Tariq Salmon, 9.Yusuf Abdurizaq (17.Ismoil Muhammad, 63), 10.Hasan Al Haydos (6.Abdul Aziz Hatim, 53), 11.Akram Afif, 12.Lukas Mendes, 19.Almoyez Ali, 20.Ahmad Fathi Abdulla, 24.Jassim Jobir Abdusallam (8.Ali Asad, 53).
Iordaniya: 1.Yazid Abulayla, 3.Abdullah Nasib, 5.Yazan Al Arab, 8.Nur Al Din, 9.Ali Olvan, 10.Musa At-Tamari, 11.Yazan An-Naymat, 13.Mahmud Al Mardi (18.Saloh Ratib, 80), 17.Salim Al Ajalin, 21.Nizar Ar-Raşdan, 23.Ehson Haddad.