Bugun 2024 yil 11 fevral kuni Özbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elçisi Aşraf Xöjayev Qatar poytaxtiga taşrif buyurgan. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.
43 yoşli diplomat Toşkent davlat şarqşunoslik instituti, Özbekiston Milliy universiteti, Pekin universitetini tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga ega.
A.Xöjayev TIV tizimidagi faoliyatini 2005 yilda referent sifatida boşlagan. Ötgan yillar davomda u vazirlik markaziy apparatida, şuningdek, Nyu-York şahridagi Özbekistonning BMTdagi doimiy vakolatxonasida va Buyuk Britaniyadagi elçixonada turli lavozimlarda işlagan.
2018 yildan TIV Iqtisodiy diplomatiya departamenti boşqarma, boş boşqarma boşliği va direktori lavozimlarida işlab kelgan.
Aşraf Xodjayev Özbekistonning Qatardagi birinçi elçisi hisoblanadi. 2023 yil may oyida Toşkentda Qatar elçixonasi, 2023 yil dekabrda esa Dohada Özbekiston elçixonasi oçilgan edi.













