Angliya: «Tottenhem» qaytmoqda

«Mançester Siti» – «Everton» 2:0
Gollar: 1:0 – 71 Holand, 2:0 – 85 Holand.
«Mançester Siti» – Ederson, Stounz, Ake, Ruben Diaş, Akanji (Uoker, 57), Foden, Rodri, Mateuş Nuneş (de Bryuyne, 57), Holand, Alvares (Bernardu Silva, 77), Doku (Griliş, 87).
«Everton» – Pikford, Godfri (Koulmen, 56), Tarkovski, Brentueyt, Mikolenko, Yang (Onana, 78), Guyye (Şermiti, 89), Harrison, Garner, Maknil (Dobbin, 88), Kelvert-Lyuin (Betu, 77).
Ogohlantirişlar: Guyye (54), Garner (90).

«Etihad»dagi birinçi bölim ança zerikarli keçdi. Mavsum boşidan buyon öz uyidagi öyinlarda doim tanaffusga hisobda oldinda borgan holda yöl olgan «Mançester Siti» bu safar raqib darvozasi sohasiga birorta aniq zarba yöllay olmadi. Amaldagi çempionlarda qöşimça daqiqalarda vaziyat yuzaga keldi, ammo Akanjining jarima maydoni markazidan yöllagan zarbasi himoyaçi tomonidan tösildi. Ikkinçi bölim ham «şaharliklar» uçun oson keçmadi, De Bryuyne maydonga çiqişigina öyinda buriliş yasadi.

«Siti» darvoza sohasiga aniq borgan ilk zarbasini golga aylantirdi. Burçak zarbasidan keyin töp himoyaçilardan Holandga keldi va u töpga töxtatmasdan şunday kuçli zarba yölladiki, Pikford töp yölida turgan bölsa-da, uni ötkazib yubordi - töp uning qöllariga tegib ötib darvoza töridan joy oldi. Keyin esa — «Everton» hisobni tenglaştiriş umidida oldinga ötganida — De Bryuyne bir pas bilan Erlingni oldinga taşladi va u avvaliga özini ta’qib etgan himoyaçidan qutildi, keyin darvozabonni doğda qoldirdi. Norvegiyalik hujumçi boşlanğiç tarkibda tuşgan 50 öyinida 50 gol urdi va bu APLda yangi rekord hisoblanadi.

«Liverpul» – «Byornli» 3:1
Gollar: 1:0 – 31 Diogu Jota, 1:1 – 45 ÖŞi, 2:1 – 52 Dias, 3:1 – 79 Nunes.
«Liverpul» – Kelleher, Aleksander-Arnold (Elliott, 46), van Deyk, Kuansa, Roberson (Tsimikas, 90), Endo (Makkonnell, 90), Mak Allister (Klark, 90), Jons, Diogu Jota, Dias (Gakpo, 82), Nunes.
«Byornli» – Trafford, Assinon, ÖŞi, Estev (Vitino, 80), Delkrua, Remzi (Massengo, 81), Braunhill, Berge, Amduni (Brun Larsen, 86), Fofana, Odober. 
Ogohlantirişlar: ÖŞi (14), Kuansa (19), Braunhill (26), Endo (33), Kompani (55), Nunes (69).