Ukrainaning Rossiyadagi elçixonasi bilan ijara şartnomasi bekor qilindi, deb yozdi RIA Novosti öz manbasiga tayanib. Rossiya Taşqi işlar vazirligi ham buni tasdiqladi.

Qayd qilinişiça, elçixona bilan ijara şartnomasi Kiyev şahar kengaşi qaroriga javob sifatida bekor qilingan. Ukraina 2023 yil aprelida Rossiya elçixonasi bilan ijara şartnomasini bekor qilgan edi.

RIA Novosti suhbatdoşining ta’kidlaşiça, «diplomatiyada amal qiladigan özaro munosabatlar prinsipiga köra, bunday harakatlarga javob aynan öxşaş bölişi kerak».

«Bizga yetib kelgan ma’lumotlarga köra, Ukraina elçixonasi bilan ijara şartnomasi allaqaçon bekor qilingan, biroq axborot maydonida kun tartibi Ukraina bilan tölib ketgani tufayli bunga e’tibor qaratilmagan», deb qöşimça qildi manba.

2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Taşqi işlar vazirligi Rossiyaning Ukrainadagi elçixonalari xodimlarini evakuatsiya etiş haqida e’lon qildi. 24 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy operatsiya boşlanganini e’lon qildi. Rossiya qöşinlari bosqiniga javoban, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi, Ukraina Taşqi işlar vazirligi esa öz diplomatlarni evakuatsiya qildi.