Duradgorlar köp, lekin hammasi ham tobut yasayvermaydi. Namanganlik usta duradgor Abdulahad Jamoliddinov tobutlar yasab, butun respublika böylab yetkazib beradi. U bu hunarni pandemiya davrida talabning keskin oşib ketişi ortidan boşlagan.
Tobut qanday yasaladi? Tayyor holga kelguniça nimalarga e’tibor qaratiş lozim? Duradgor Kun.uz muxbiriga şular haqida sözlab berdi.
Pandemiya davrida tobut yasaşga ehtiyoj ortdi
“Yoşligimdan duradgorlik bilan şuğullanaman, otam ham, bobom ham şu hunarni kasb qilişgan. Birinçi marta 2017 yilda mahallamizning tobutini ta’mirlab bergan edim. Şundan söng boşqa mahallalardan ham takliflar böldi. Pandemiya davrida ölimlar soni köproq bölgani uçun buyurtma beradiganlar köpayib qolgan edi.

Toşkentda ham, boşqa viloyatlarda ham köp mahallalarda tobut yöq ekan, şuni yasab berişni yölga qöysangiz, degan taklif tuşdi. Qöldan kelgança yasaşga tuşdik. Asosiy işimiz yoğoçdan zinalar tayyorlaş, boşqa jihozlar, eşik-romlar ham yasaymiz. Odamlar iltimos qilgani uçun şu işni ham qilamiz. Köproq yangi mahallalardan buyurtma berişadi. Aytganimdek, tobut yasaşni yölga qöyişimizga asosiy sabab pandemiya davri böldi”.
Tobut yasayotganda özgaça keçinmalar ötadi...
“Tobut yasaş jarayoni boşqaça böladi, çunki kun kelib har bir inson şu tobut içiga tuşişini öylaydi. Özimiz ham bir kun şu tobutda manzilga boramiz. Özgaça keçinmalar ötadi odamda. Ba’zilar notöğri tuşunişi mumkin, tobut yasaşni ham kasb qiladimi deb, biz buni kasb qilib olmaganmiz, faqat şu odamlar iltimos qilib kelgani uçun yasab beramiz. Xalqqa manfaatli bölgani uçun rozi bölib yasab kelyapmiz.

Köpçilik yengilroq yoğoçdan qilib bering, deyişadi. Şuning uçun baquvvat, yengil bölgan Rossiya qarağaylaridan qilamiz. Bir tobutning oğirligi örtaça 80-85 kilogramm böladi. Tobut yasaş unçalik qiyin emas biz uçun, özimiz bilgan usulda, qöldan kelgança yasayveramiz”.
















