Hozir Hulkar otasidan örgangan hunarini singillariga ham örgatyapti. Ular oilaviy tarzda buyurtmalar olib, eşik-romlar, ayvonlar uçun ustunlar va yoğoçdan boşqa turli narsalar yasaşadi.

«Kiçik yoşimdan juda köp kasblarga qiziqqanman. Arxitektor bölişni maqsad qilgandim, lekin taqdir taqozosi bilan duradgorçilik yönalişini tanladim. Bu hunarga qiziqişim 12 yoşimdan boşlangan. Çunki öşa paytda dadam uydan ustaxona oçgan edi. Dadamning işiga qiziqib, kuzata boşlaganman va birinçi marta qalamdon yasaganman. 16 yoşimdan mustaqil tarzda duradgorlik uskunalarida işlaşni boşladim», – deydi Hulkar.

CDAs4wFLGxAQ-goZ-666UCEYvFpNcYnL.jpg (1280×720)

Hulkarning dadasi Normuhammad aka Eştoyev bilan ham suhbatda böldik.

«Boşida buyurtma asosida duradgorçilik işlarini bajarar edim. Vaqti-soati kelib, ustaxona oçganimda soğligimni yöqotib qöydim. Işlaş qobiliyatini yöqotganimdan keyin bir muddat ustaxonada işlaş uçun vodiydan usta olib keldik.

Soğligimdan juda xavotirda edim. Agar menga tösatdan biror narsa bölsa, bolalarimning ahvoli nima böladi, deb taşvişlanardim. Şuning uçun qizim Hulkarga hunarimni örgata boşladim. Hozir u juda yaxşi işlayapti. Yasayotgan narsalaridan ham könglim töladi.

6 nafar farzandim bor, katta qizimni turmuşga uzatganman. Hozir uyda 7 kişimiz. Hulkar qizim singillari bilan oilani ham töliq ta'minlab kelmoqda», – deydi ota.

Hulkar, asosan, yasaladigan narsalarni biçib beradi. Singillari va amakivaççalari unga yordamlaşadi.

«Oğir yuk kötariş kerak bölganda, qiyin işlar bölganda amakimning öğillari yordam beradi. Şuning uçun qiynalmayman. Har kuni işlarimizni avval rejalaştirib, keyin boşlaymiz. Agar şunday qilinmasa, ulguriş qiyin böladi», – deydi Hulkar.