Çinoz tumanining Gulzorobod qişloğida 5 nafar opa-singil duradgorlik bilan şuğullanadi. Duradgorlik ular uçun ota kasb. Otalari Normuhammad aka Eştoyev betob bölib qolganda beş qiz uni yolğizlatib qöymadi.
“Ikki yil avval soğliğimda biroz muammo paydo böldi. Şifokorlar dastgohlarda işlaşimni man etişdi. Katta qizim Hulkarga holatni aytdim. U meni darhol tuşundi. “Dadajon, siz xavotir olmang, damingizni oling, bizga yöl-yöriq körsatib tursangiz bas, barçasini özimiz eplaymiz”, dedi u. Baraka topişsin, hozir buyurtmalarning hammasini özlari uddalaşyapti. Şahardan taxta olib kelişdan tortib, hisob-kitob işlarigaça özlari eplaşyapti”, –deydi Normuhammad aka.

– Aslida bu kasb men uçun ota meros bölib, undan voz keçolmayman. 5 qiz, bir öğlim bor. Öğlim kiçkina bölgani uçun hunarimni hozir qizlarim davom ettirişyapti. Ular bir-biriga juda mehribon. Öz vazifalarini qunt bilan bajarişadi. Işga jonu dili bilan kirişib, oxiriga yetkazmagunça tinim bilişmaydi. Hulkarda ijodiy yondaşuv kuçli. U yasagan qutiçalari, suvenirlarini özi dizaynerlik qilib bezaydi. Gavhar esa rözğorda işlatiladigan öqlov, jöva, xontaxta uçun qubbali oyoqlar yasaydi. Kamola xontaxta yasaşni maromiga yetkazadi, – deydi faxr bilan ota.


Toşkent viloyati hokimligi axborot xizmatining ma'lum qilişiça, duradgor qizlar oilasi hozirça kerakli asbob-uskunalar va dastgohlar xarid qilişgan, beş turdagi xilma xil dastgohlarni mohirlik bilan boşqarişyapti. Bu yil ustaxonani kengaytirişni reja qilişgan.













