Venesuelalik tadbirkorlar Alexandro Blanşar va Elio Angulo klassik yoğoç tobutlarga raqobat sifatida karton tobutlar yasaşni yölga qöyişga qaror qilişdi.
Mamlakatdagi inqiroz tufayli ularning "bio-tobutlari" baland qiymatga ega yoğoç tobutlarga qaraganda ança xaridorgir böladi. Venesuelada yoğoç tobutning narxi - 280 000 bolivar bölib, u bio-tobutdan tört barobar qimmat.

Qayta işlangan kartondan tayyorlanuvçi bio-tobut 230 kilogrammgaça bölgan vaznni kötara oladi. Uni yiğişga 10 daqiqadan kam vaqt ketadi. Blanşar va Elio Anguloning aytişiça, ular Kolumbiya, Ekvador va Perudan buyurtmalar olişgan.























