Vengriya prezidenti Katalin Novak bolalarga nisbatan jinsiy zöravonlikni yaşirganlikda ayblangan şaxsning avf etilişi bilan boğliq mojaro ortidan iste’foga çiqqanini e’lon qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Novakning iste’fosini mamlakatdagi barça muxolif partiyalar talab qilgan edi, çunki u 2023 yil bahorida Rim papasi taşrifidan oldin, bolalar uyining sobiq direktor örinbosarini afv etiş haqidagi sörovini qondirgan. U öz öquvçilariga nisbatan jinsiy zöravonlik holatlarini yaşirişda maktab direktoriga kömaklaşgan, oqibatda 3 yilu 4 oylik qamoq jazosiga hukm qilingandi.

Öz murojaatida Novak «xato qilganini» aytdi. Endi Vengriya parlamenti 30 kun içida yangi davlat rahbarini saylaydi.

Katalin Novak 2022 yil mart oyida prezidentlik faoliyatini boşlagan. U Vengriya tarixidagi birinçi prezident ayol böldi.  

Vengriyada prezident vakolatlari qonun bilan çeklangan. Ularning bir qismidan faqat hukumat tomonidan qöllab-quvvatlansagina foydalaniş mumkin. Mamlakatda prezident parlamentdagi yaşiriş ovoz beriş yöli orqali 5 yil muddatga saylanadi.