Xalqaro jinoiy sudi (XJS) prokurori Karim Xonning aytişiça, prokuratura Isroilning Falastin hududidagi (Ğazo sektori va Ğarbiy Sohilda) ehtimoliy jinoyatlarini Rim statutiga muvofiq faol ravişda tergov qilmoqda.

Rim statutiga köra, XJS genotsid, insoniyatga qarşi jinoyatlar, uruş jinoyatlari va tinçlikka qarşi jinoyatlar tergovi böyiça yurisdiksiyaga ega. Davlatlar iştirokidagi işlarni körib çiqadigan Xalqaro suddan farqli ölaroq, XJS uruş jinoyatlari yoki insoniyatga qarşi jinoyatlarda ayblangan şaxslarga qarşi işlarni ham köradi.

«Barça uruşlarning qoidalari bor va qurolli mojarolarga nisbatan qöllaniladigan qonunlar ularni böş yoki ma’nosiz qiladigan tarzda talqin etilmasligi kerak. Bu mening özgarmas pozitsiyam. Ötgan yili Ramallohdagi (Iordaniyaning Ğarbiy sohilidagi şahar) hodisadan keyin Isroilning xatti-harakatlarida sezilarli özgarişlarni körmadim... Mening idoram sodir etilgani aytilayotgan barça jinoyatlarni faol ravişda tergov qilmoqda. Qonunni buzganlar javobgarlikka tortiladi», deb Xon sözlarini keltirdi «Kommersant».

Prokuror, şuningdek, Ğazo sektorining janubiy çegarasida joylaşgan Rafahning bombardimon qilingani va Isroilning şaharga quruqlikdan bostirib kirişiga tayyorgarlik körilayotgani haqidagi xabarlardan xavotirda ekanini aytdi. U, şuningdek, HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilişga çaqirib, bu masala ham XJS tergovining muhim sohasi ekanini ta’kidladi.

2023 yil 29 dekabrda Janubiy Afrika Xalqaro sudga Isroilga qarşi da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Janubiy Afrika rasmiylariga köra, HAMAS hujumidan keyin Isroilning Ğazo sektoridagi harakatlari «genotsid xarakteriga ega» va «BMT Genotsid konvensiyasidagi asosiy majburiyatlarni» buzadi. 2024 yil 26 yanvarda sud muvaqqat qarori bilan yahudiy davlatiga Ğazo sektorida genotsidning oldini oliş çoralarini körişni buyurdi.