Energetika vazirligi Toşkent şahar havosining ifloslanişida mazutning aloqasi yöqligi haqida bayonot bilan çiqdi.   

Ma’lum qilinişiça, Toşkent viloyati hamda poytaxt hududida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJga qaraşli 11 ta issiqlik elektr stansiyasi va issiqlik markazlari mavjud. Ularning 6 tasida (Toşkent viloyatida joylaşgan “Toşkent IES”, Toşkent şahrida joylaşgan 3–5-, 9–10-issiqlik markazlari) çindan ham kunning tiğiz vaqtlarida, tabiiy gaz ta’minotida bosim pasaygan paytda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini elektr hamda issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlaş maqsadida zaxira yoqilğisi sifatida mazutdan foydalaniladi.  

“Mazut yoqilğisining işlatilişi jarayoni qonunçilikda belgilangan tarzda barça mas’ul idoralar, xususan, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi bilan ham kelişilgan tartibda yölga qöyilgan.

Stansiyada mazut yoqilişi natijasida atmosferaga zararli moddalarning çiqişini kamaytiriş maqsadida belgilangan texnik parametrlarga mos keluvçi filtrlar örnatilgan. Kelgusida barça issiqlik elektr stansiyalariga yoqilğidan çiqayotgan zararli moddalarni 95 foizgaça kamaytirib beradigan qöşimça filtrlarni örnatiş közda tutilgan”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Energetika vazirligi 2 fevralda Ekologiya vazirligi e’lon qilgan bayonotga munosabat bildirgan. Ekologiya vazirligi mazut yoqib havoni ifloslantirgani uçun Toşkent IESga nisbatan 1 mlrd söm kompensatsiya hisoblagandi.

“Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatda stansiyada mazut yoqilişi texnologiyasi hamda undan çiqadigan zararli moddalar hisob-kitoblari keltirilgan. Uşbu hujjat talablariga köra, korxonada havoga taşlanayotgan moddalar belgilangan me’yor talablaridan heç qaçon oşmagan.

Xususan, “Toşkent issiqlik elektr stansiyasida mazutdan foydalanilayotgani aniqlandi” sarlavhali maqola e’lon qilingan 2 fevral kuni yuqoridagi korxonalarda zaxira yoqilğisining maksimal sarfi sutkasiga 5 ming 17 tonnani taşkil etgan. Öşa kuni atmosfera havosidagi RM2,5 mayda dispersli zarraçalar miqdori 35,1mkg/m3ni taşkil qilgan. Bu esa JSST tavsiyalaridan 7 barobar yuqori edi.

Bugun soat 16:00ga qadar yuqorida qayd etilgan korxonalar tomonidan 600 tonna mazut yoqilgan. Ammo şunga qaramay bugun soat 14:10 holatiga köra, poytaxt havosidagi RM2,5 mayda dispersli zarraçalar miqdori 162 mkg/m3ni taşkil etgan. Bu “öta zararli” hisoblanadi va JSST tavsiyalaridan 32,4 marta köproq.