9 fevral kuni Quyoşda kuçli çaqnaş kuzatildi - NASA Quyoş dinamikasi observatoriyasi xodimlari bu lahzani suratga olişga muvaffaq bölişdi.
Fotosuratda ultrabinafşa nurlaniş qayd etilgan, u pastki öng qismida aniq körinadi.
Quyoş çaqnaşi - bu Quyoş yuzasidagi portlaş bölib, qisqa vaqt içida juda katta miqdorda energiya çiqaradi.
Çaqnaş kuçi X3.3 sifatida tasniflangan. X - çaqnaş sinfini (eng kuçli portlaşlarni) bildiradi, raqamlar esa sinf içidagi kuçni bildiradi (maksimal 10, lekin bunday çaqnaş juda kam uçraydi).
NASA ta’kidlaşiça, X sinfidagi çaqnaşlar radioaloqa, elektr tarmoqlari va navigatsiya signallariga ta’sir qilişi va kosmik kemalar, astronavtlar uçun xavf tuğdirişi mumkin.
Qayd qilinişiça, kelajakda yanada kuçli çaqnaşlarni kutiş mumkin: quyoş sikli maksimal faollikka yaqinlaşmoqda.













