1997 yil 18 iyunda imzolangan Özbekiston hukumati bilan Ozarboyjon hukumati örtasida ikki davlat fuqarolarining vizasiz safar qilişi töğrisidagi bitimga qöşimçalar va özgartiriş kiritiş haqidagi bayonnoma kuçga kirdi. Bu haqda Özbekiston IIV xabar berdi.
Qayd qilinişiça, bayonnoma ikki davlat fuqarolari uçun qulay şart-şaroitlar yaratişga qaratilgan bölib, unda Özbekiston va Ozarboyjon hududiga kiriş/çiqiş, tranzit ötiş va 15 kun muddatga vakolatli organlarda röyxatdan ötiş majburiyatidan ozod etilişi belgilangan.
Mazkur bayonnoma 2023 yil 22 avgustda Ozarboyjonning Boku şahrida imzolanib, 2024 yil 15 yanvarda kuçga kirgan.
Registratsiyadan ötmay yaşaş muddati bunga qadar Özbekistonda 5 kungaça, Ozarboyjonda esa 10 kungaça edi. Endilikda bu muddatlar bir xil 15 kun deb belgilandi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston va Ozarboyjon örtasida vizasiz rejim örnatilgan. Özbekistonliklar Ozarboyjonda 90 kungaça, ozarboyjonliklar esa Özbekistonda 30 kungaça vizasiz qolişi mumkin.













