Indoneziya mudofaa vaziri Prabovo Subianto 14 fevral kuni mamlakatdagi prezidentlik saylovida ğalaba qozonganini ma’lum qildi. 

«Ovozlar tez sanab çiqilganidan minnatdormiz. Biz ğalabadan mağrur va haddan taşqari xursand bölmaslik kerak, kamtarlik körsatişimiz lozim. Bu ğalaba butun Indoneziya xalqining ğalabasi bölişi kerak», deb uning sözlarini keltirdi AP. 

Hozirça Markaziy saylov komissiyasi uning ğalabasi haqida heç qanday xabar bermadi. Subianto raqiblari ham mağlubiyatni tan olmadi. 

OAV ixtiyoridagi exit-poll ma’lumotlariga köra, Subianto 57-60 foiz ovozni qölga kiritgan. Ovozlarni töliq sanab çiqiş va rasman e’lon qiliş uçun 35 kungaça vaqt ketişi mumkin. 

Ğalaba qozoniş uçun nomzodlar birinçi bosqiçda 50 foiz ovoz töplaşi kerak. Agar ulardan heç biri bu maqsadga erişmasa, eng yuqori foizga ega bölgan ikki nomzod örtasida ikkinçi tur ötkaziladi. Agar tayinlansa, u 26 iyun kuni bölib ötadi. Yangi prezident inauguratsiyasi 20 oktyabrda bölib ötadi va ikki hafta içida vazirlar mahkamasi tayinlanişi kerak. 

Subianto özini mamlakatdagi eng maşhur prezident Joko Vidodo (u Indoneziyani 2014 yildan beri boşqarib keladi) siyosatining davomçisi sifatida körsatadi. Şu bilan birga, Subianto Indoneziyaning amaldagi prezidentining öğlini ehtimoliy vitse-prezident sifatida tanladi.